Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

U bir mavsumlik futbolchi emas. Yana Muhammad Saloh haqida

U bir mavsumlik futbolchi emas. Yana Muhammad Saloh haqida

Baho:
+ | -

2018 yil, 25 aprel tungi soat 01:20. «Liverpul» Yevropa Chempionlar Ligasining yarim finali 1-uchrashuvida «Roma»ni 5:2 hisobida mag‘lub etdi.

Mazkur o‘yin kaminani kichik hadik va katta hayajon bilan birinchi marta misrlik Muhammad Saloh (u sobiq jamoasiga 2 ta gol urgandi) haqida maqola yozishga undadi.

Har holda o‘sha vaqtda hammaning og‘zida Muhammad Saloh edi. Ammo meni ham boshqalar kabi Salohning kelasi mavsum ham shu tarzda o‘yin ko‘rsata oladimi yoki yo‘q degan savol qiynagani bor gap.

Balki shu boisdan ham Saloh haqida qog‘oz qoralashga(klaviaturaga qo‘l bormagan deb o‘qilsin) qo‘lim bormargandir. Ammo misrlik sehrgar bir mavsumlik futbolchi emasligini va Joze Mourinyoning katta xatoga yo‘l qo‘yganini kecha, 8 dekabr kuni «Bornmut»ga qarshi o‘yinda yana bir bor isbotladi.

Chempionlar Ligasi finalida Saloh Serxio Ramos bilan kurashda yelkasidan jarohat olib maydonni tark etgach, uning Rossiyadagi mundialda ishtirok etishi so‘roq ostida qoldi. Misrni yelkasida JCH—2018 olib chiqqan Salohga mundialda ham katta umid bildirilgandi. Ammo jarohat uning Rossiya maydonlarida porlashiga imkon bermadi.

Joriy mavsum starti ham Muhammad uchun ko‘ngildagidek boshlanmadi. Mavsum avvalidagi 11 ta o‘yinda urilgan uchta gol Salohning salohiyatiga shubha uyg‘otgani bor gap. Biroq Muhammadning yelkasidan olgan jarohati-yu o‘tgan mavsumdagi kuchli charchoq alomatlarini ko‘pchilik yoddan chiqardi. Muxlislarning joriy mavsum Salohdan katta narsalarni kutish tabiiy edi.

Boisi u ortda qolgan mavsumda «Liverpul» safida 52 ta o‘yin o‘tkazib 44 ta gol urib qo‘ygandi. «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp esa Salohga katta umid bildirish bilan birga, yozda ajoyib transfer kampaniyasini amalga oshirdi. Klopp katta zaxirasiz kerakli natijaga erishib bo‘lmasligini bilardi.

Shu boisdan ham jamoaga Allison, Shaqiri, Nabi Keyta va Fabinyo kabi o‘yinchilar jalb etildi. Saloh—Mane—Firmino triosi o‘tgan mavsumdagi o‘yinidan juda yaxshi xabardorsiz. Bu mavsum esa ularning hech biri barqaror emas. Mane ba’zan juda zo‘r o‘yin ko‘rsatsa, gohi undan xudbinroq o‘yinchini maydonda topa olmaysiz.

Firmino esa hozircha o‘tgan mavsumdagi o‘yinlarining yarmini ham ko‘rsata olgani yo‘q. Shunday holatda Salohning bir o‘zi katta natijalar ko‘rsatishi qiyin edi. Salohning yangi kelgan o‘yinchilar bilan til topishib ketishiga esa ma’lum vaqt talab etilardi. Shu vaqt endi kelganga o‘xshaydi. «Bornmut»ga qarshi o‘yin uning bir mavsumlik o‘yinchi emasligini ko‘rsatib berdi.

Salohning mazkur o‘yindagi 2 va 3-goli Joze Mourinyoning yana bir bor boshini changallashiga sabab bo‘lganiga ishonamiz. Uning hisobidagi gollar hozirda 10 taga yetdi va APL to‘purarlari ro‘yxatida Pyer-Emerik Obameyang bilan peshqadamlik qilmoqda. O‘z hisobiga 16 ta o‘yinda 5 ta golli uzatmani yozib qo‘yganini esa «tort ustidagi olcha» desa bo‘laveradi.

Salohning kech porlaganini (u 25 yoshida «Liverpul»da porladi, bungacha esa «Chelsi», «Fiorentina» va «Roma»da to‘p surib ko‘rdi) ko‘rib, Toshkentning «Lokomotiv»ida ikkinchi yoshligini o‘tkazayotgan (Superligada 14 ta gol urdi 32 yoshda, axir) Marat Bikmayevni esladim.

O‘zimni Ektor Kuperning vaqtida Misr terma jamoasida Salohga bosh murabbiylik qilgani va hozirda Marat o‘ynaydigan O‘zbekiston terma jamoasiga ustozligi tasodif emasligiga ishontirishga harakat qildim.

Saloh Misrni Jahon chempionatiga olib chiqqan bo‘lsa, Bikmayev O‘zbekistonni jilla qursa, yanvarda boshlanadigan Osiyo Kubogi—2019 yarim finaliga olib chiqar deb yaxshi niyat va umid qilib qo‘ydim.

Axir umid qilish uchun hozirda O‘zbekiston termasi tarkibida yanvarda 33 yoshni qarshi oladigan Bikmayevdan ko‘ra, yaxshiroq hujumchi yo‘q-da. Bo‘lsa ham Bikmayevchalik gol urmagan yoki men uni tanimayman.

Mavzudan chetlashmagan holda Salohning bir mavsumlik futbolchi emasligini endi qo‘rqmasdan baralla aytsak bo‘laveradi. Har holda u taslim bo‘lmasligini kecha ko‘rsatib qo‘ydi. Biz esa uning bu boradagi dalillarini tomosha qilishni tavsiya qilamiz:

Muallif: Asror Abdunazarov.

Manba: Daryo
Kiritildi: 23:46, 09.12.2018.
O'qildi: 3350 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.