Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Taekvondo ITF bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Taekvondo ITF bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

2018 yilning 8-9 dekabr kunlari Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan “Saxovat sport serviz” sport majmuasida yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida taekvondo ITF bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

 

Ushbu musobaqada yurtimizning 12 ta viloyatidan 700 dan ortiq sportchilar ishtirok etib, jami 124 medallar jamlanmasi uchun bahslashishdi.

 

O‘zbekiston Kubogi musobaqasida Xalqaro taekvondo ITF federasiyasi prezidenti, Butun jahon yakka kurashlar va jang sa’nati IMGC prezidenti professor Ri Yong Son hamda Xalqaro taekvondo ITFfederasiyasi Bosh kotibi Kim Sung Hva ishtirok etishdi.

Xalqaro taekvondo ITF federasiyasi rahbarlari yurtimizda mazkur sport turining qay darajada rivojlanganligi, yurtimizda sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

 

Yuqori martabali mehmonlar uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etilib, yurtimizda 2019-2020 yillarda taekvondo ITF bo‘yicha jahon chempionati va jahon kubogi kabi nufuzli musobaqalarni tashkil qilish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

Musobaqaning yakuniy natijalarga ko‘ra umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni Toshkent shahri, ikkinchi o‘rinni Buxoro viloyati, uchinchi o‘rinni Toshkent viloyati jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, to‘rtinchi o‘rin Samarqand va Sirdaryo viloyati sportchilariga nasib etdi.

Manba: XS
Kiritildi: 15:58, 10.12.2018.
O'qildi: 2929 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.