Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 17:00 Lokomotiv 0-1 Navbahor
20/09 17:30 Tailand 1-9 Braziliya
20/09 17:30 Kuba 0-7 Xorvatiya
20/09 19:15 So‘g‘diyona 1-1 Andijon
20/09 20:00 Kosta-Rika 5-3 O‘zbekiston
20/09 20:00 Niderlandiya 5-2 Paragvay
20/09 21:30 Kalyari 0-2 Empoli
20/09 23:45 Verona 2-3 Torino
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem - Chelsi
21/09 17:00 Valyadolid - Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina - Lasio
22/09 17:00 Xetafe - Leganes
22/09 18:00 Brayton - Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa - Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao - Selta
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko

La Liga. 15-tur: «Egiz» zarbalarga qarang…

La Liga. 15-tur: «Egiz» zarbalarga qarang…

Baho:
+ | -

«Barselona» navbatdagi yirik g‘alabani tantana qildi. Aniqroq aytsak, «Kataloniya derbisi» taqdirini Lionel Messi ijrosidagi qoyilmaqom «egiz» jarima zarbalari, Usmon Dembelening nafis mo‘ljali va Luis Suaresga xos kutilmagan qaror hal qildi. Oddiy aytganda, joriy mavsum ancha tetik ko‘ringan «Espanyol» mutlaqo ojiz - 0:4. Yetakchini ta’qib qilayotgan

«Atletiko» esa o‘z maydonida yana bir kashfiyot jamoa - «Alaves»ni 3:0 ko‘rinishida «do‘pposladi». Shuningdek, «Real» ham g‘alaba nashidasini surdi. Farqi shuki, «Qirollik klubi» autsayser - «Ueska» darvozasini 1 martagina nishonga olish bilan cheklandi.

--- Kuchli tanqidlar bo‘roniga uchragan «Barselona» vakili - Usmon Dembele oxirgi o‘yinlarda foydali ish koeffisiyentini keskin oshirdi. Aniqroq aytsak, «bebosh» futbolchi o‘zi ishtirok etgan so‘nggi 8ta uchrashuvda 3ta gol urib, yana 5tasida bevosita ishtirok etdi: «Gol } pas» tizimida 8 ochko.

--- 2ta jarima zarbasini golga aylantirgan Lionel Messi yana bir rekord natijaga erishdi. U Primeroning ketma-ket 13ta mavsumidan buyon 10tadan ko‘p gol urmoqda. Chempionat tarixida hech kim bunday barqaror samaradorlik ko‘rsatmagandi.

--- «Real» futbolchilari «Ueska»ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida atigi 2ta zarba yo‘llashdi - bu klubning joriy mavsumdagi eng yomon ko‘rsatkichi. Madridliklar tanaffusdan keyin yana 3 bora zarba berishdi. Taqqoslash uchun, «Ueska» vakillari «Real» darvozasini 11 marta «o‘q»qa tutishdi.

--- «Real» yarim himoyachisi Garet Beyl La-ligada 10ta o‘yinga cho‘zilgan golsiz seriyasiga nuqta qo‘ydi. Uelslik yulduz Primeroda oxirgi marta 1 sentyabr kuni «Leganes» darvozasini nishonga olgandi.

 7 dekabr

LEGANES - XETAFE - 1:1 (0:1)

Leganes. 11327 tomoshabin.

Gollar: Nyom (64) - Kabrera (39).

Chetlatish: Peres (90}3, L.).

8 dekabr

ATLETIKO - ALAVES - 3:0 (1:0)

Madrid. 55810 tomoshabin.

Gollar: Kalinich (25), Grizmann (82), Rodri Ernandes (87).

Atletiko: Oblak, Aryas, Savich, Lyuka Ernandes (Ximenes, 36), Saul, Korrea, Parti, Rodri Ernandes, Lemar (Montero, 64), Kalinich (Vitolo, 56), Grizmann.

Alaves: Pacheko, Agirregabiria (Sobrino, 81), Laguardia, Ximo Navarro, Duarte, Manu Garsiya, Pina, Vakaso (Baston, 46), Ibai Gomes (Burgi, 72), Kalyeri, Xoni Rodriges.

VALENSIYA - SEVILYA - 1:1 (0:0)

Valensiya. 40057 tomoshabin.

Gollar: Diakabi (90}3) - Sarabiya (55).

Valensiya: Neto, Vass, Garay, Gabriel (Diakabi, 63), Gayya, Soler, Parexo, Koklen, Guedesh (Cherishev, 61), Santi Mina (Batshuayi, 69), Rodrigo.

Sevilya: Vaslik, Merkado, Kyer, Gomes, Promes, Sarabiya, Banega, Vaskes (Amadu, 77), Eskudero, Andre Silva, Ben-Yedder (Muriel, 85).

VILYARREAL - SELTA - 2:3 (0:1)

Vilyarreal. 15720 tomoshabin.

Gollar: Bakka (83, 87) - Mendes (44), Yokushlu (49), Maksi Gomes (51).

ESPANYOL - BARSELONA - 0:4 (0:3)

Barselona. 24037 tomoshabin.

Gollar: Messi (17, 65), Dembele (26), Luis Suares (45).

Barselona: ter Shtegen, Nelson Semedu, Pike, Langle, Alba, Rakitich (Denis Suares, 82), Buskets, Vidal, Messi, Luis Suares (Munir, 79), Dembele (Koutinyo, 68).

9 dekabr

EYBAR - LEVANTE - 4:4 (1:2)

Eybar. 5238 tomoshabin.

Gollar: Enrix (8), Eskalante (57), Sharles (61-pen., 65) - Morales (9), Pyer (25), Tonyo (75), Mayoral (90}1).

UESKA - REAL - 0:1 (0:1)

Ueska. 7341 tomoshabin.

Gol: Beyl (8).

Real: Kurtua, Ramos, Karvaxal, Odriosola, Varan, Modrich (Isko, 66), Lyorente, Vaskes, Sebalyos (Valverde, 58), Beyl (Asensio, 76), Benzema.

Real Sosyedad -

Valyadolid - 1:2 (0:1)

San-Sebastyan. 23620 tomoshabin.

Gollar: Oyarsabal (63) - Vilya (16), Antonito (54).

Betis -

Rayo Valyekano - 2:0 (0:0)

Sevilya. 40218 tomoshabin.

Gollar: Lo Chelso (59-pen.),

Sidney (76).

———————————————------------------------------

ATLETIK - JIRONA   o‘yini   kecha   bo‘lib   o‘tdi.

 

Ernesto Valverde («Barselona» bosh murabbiyi): - Bugun rosa omadimiz keldi. Negaki, tarkibimizda Messidek yetuk ijrochi bor. Uning o‘yinlaridan shunchaki, rohatlanyapmiz. Bunday futbolchi boshqa tug‘ilmasa kerak-ov... Leo iqtidorini to‘liq tasvirlash uchun so‘z boyligim yetmaydi... Eng muhimi, u biz bilan va jarima zarbalarini qoyillatib bajarmoqda.

Diyego Simeone («Atletiko» bosh murabbiyi): - Birinchi bo‘limda yaxshi harakatlanib, ko‘plab vaziyatlar yaratdik. «Alaves» esa qarshi hujum va standart vaziyatlar vaqti bir nechta imkoniyatga ega bo‘ldi. Aslida o‘yin avvalida biroz qiynaldik, lekin Saul va Montero tufayli yarim himoya chizig‘i faollashib, ketma-ket gollar urdik. Kalinich tinimsiz ishlamoqda. U «Milan»dagi murakkab davrdan keyin yangi jamoasida o‘z o‘rnini topishga urinmoqda. Nikola bilan bafurja gaplashib oldim, lekin hech kimga hech qanday va’da bermayman. Uning oxirgi 2ta o‘yinda o‘zini ko‘rsata olganidan baxtiyorman.

Lionel Messi («Barselona» hujumchisi): - Jarima zarbalari vaqtida  ma’lum irimga amal qilaman. Zarba ko‘ngildagidek chiqsa, harakatni takrorlayman. Bugungi har ikki urinishda barchasini to‘g‘ri bajardim. To‘g‘ri, har safar gol urishning iloji yo‘q. Jarima zarbalari vositasida «xet-trik» nishonlashni hech ham o‘ylamaganman. «Dubl»dan xursandman, albatta, lekin asosiysi - jamoa g‘alabasi. Jadvalda «Sevilya» va «Atletiko»dan yuqorida tursak, bas.

 

1  BARSELONA 15 9 4 2 41-19 31
2  SEVILYA 15 8 4 3 27-16 28
3  ATLETIKO 15 7 7 1 21-10 28
4  REAL MADRID 15 8 2 5 23-19 26
5  ALAVES 15 7 3 5 18-17 24
6  LEVANTE 15 6 4 5 27-25 22
7  BETIS 15 6 4 5 16-17 22
8  XETAFE 15 5 6 4 16-12 21
9  JIRONA 14 5 6 3 17-16 21
10  ESPANYOL 15 6 3 6 17-20 21
11  SELTA 15 5 5 5 28-24 20
12  VALYADOLID 15 5 5 5 13-15 20
13  EYBAR 15 5 4 6 19-23 19
14  REAL SOSYEDAD 15 5 4 6 18-18 19
15  VALENSIYA 15 3 9 3 12-12 18
16  LEGANES 15 4 5 6 15-19 17
17  VILYARREAL 15 3 5 7 15-19 14
18  ATLETIK 14 1 8 5 14-23 11
19  RAYO VALYEKANO 15 2 4 9 15-30 10
20  UESKA 15 1 4 10 12-30 7

 

To‘purarlar 

Messi (Barselona) - 11ta

Stuani (Jirona) - 11ta

Yago Aspas (Selta) - 10ta...

 

16-TUR

 

14 dekabr (juma)

01:00     Selta - Leganes

15 dekabr (shanba)

17:00     Xetafe - Real Sosyedad

20:15     Valyadolid - Atletiko

22:30     Real - Rayo Valyekano

00:45     Eybar - Valensiya

16 dekabr (yakshanba)

16:00     Sevilya - Jirona

20:15     Espanyol - Betis

22:30     Ueska - Vilyarreal

00:45     Levante - Barselona

17 dekabr (dushanba)

01:00     Alaves – Atletik

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:10, 10.12.2018.
O'qildi: 2873 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.