Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Futbol ortidan qalin do‘stlashganlar haqida!

Futbol ortidan qalin do‘stlashganlar haqida!

Baho:
+ | -

 Futbolchilar o‘rtasida do‘stlashish ko‘p kuzatiladigan hol. Lekin biz bugun noodatiy uslubdagi do‘stlar va ularning do‘stlik tarixidan qiziq faktlarni keltiramiz. O‘ylaymanki, bu sizni befarq qoldirmaydi. Qani ketdik!

   Pike - Fabregas(1997-yildan beri)

  Bu yigitlar 1997- yilda tanishishgan ekan. Ana o‘shanda ikkalasi ham 10 yoshda bo‘lishgan. Ular birgalikda «Barsa» akademiyasida tahsil olishadi. So‘ngra «Barsa» ularni birini «Manchester Yunayted» ga, ikkinchisini«Arsenal»ga qo‘yib yuboradi. Ularning do‘stligi shu bilan yanada mustahkamlanadi.. Begona yurtda bir-birlarini yolg‘iz qoldirmaydilar. Keyinchalik «Barsa»ga qaytgan Pike Fabregasni «Barsa»ga chorlaydi. Pike uni shu qadar ishontiradiki, Fabregas hatto «Arsenal»dan o‘z shartnomasini harid qilib «Barsa»ga o‘tadi. Pike doim Fabregas bilan hazillashadi,jumladan, uning gel bilan turmaklangan soch turmagini buzib tashlash uning eng sevimli mashg‘uloti.

Messi – Aguero (2004-yildanberi)

  Messi va Aguero 2004-yilda qalin do‘stlashishadi. Ikkalasi ham yoshlar o‘rtasidagi mundialda birgalikda fantastik tandem namoyish etib, hammani lol qoldirishadi. Shundan so‘ng do‘stlar ispaniyaga yo‘l olishadi. U yerda ham ularning do‘stligi yo‘qolib ketmaydi. Messi Agueroning og‘illarini cho‘qintirgan otasi hisoblanadi – Aguero esa Messining. Do‘stlar bir jamoada o‘ynashni butun umr orzu qilishdi. Lekin, chamamda, endi buning iloji yo‘q!

Alaba –Riberiy(2005-yildan beri)

 «Men asosiy tarkibdan endi joy olish arafasida yurgan 16 yoshlik bola edim. Hamma kattalar menga xuddi yeb qo‘ygudak tikilishar, hech kimning men bilan gaplashgisi yo‘q edi. Men sekin bir chetga borib o‘tirdim. Shunda, u oldimga kelib meni asosiy tarkibga o‘tganim bilan tabrikladida, oldidan joy berdi. Keyinchalik uning ortidan, qolganlar bilan ham tanishdim. Murabbiydan menga yana bir imkoniyat berishini so‘raganini esa hech ham esimdan chiqarmasam kerak. U menga xuddi otamdek», - degan edi Alaba o‘zining intervyularidan birida. Alabaning Instagram tarmog‘iga joylashtirgan rasmlarining aksariyati Riberi bilan birga tushgan suratlaridir. Alaba va Riberi har qanday transportda doim yonma-yon o‘tirishlarining o‘ziyoq ular o‘rtasidagi do‘stlik qanchalar mustahkam ekanligini ko‘rsatib turibdi.

 Ranaldu- Marsello( 2009-yildan beri)

   Qiziq holat, Ronaldu jamoadoshlari bilan samimiy muomalada bo‘ladi, lekin,hech kimga ortiqcha sir boy bermay masofa saqlaydigan yigit. Uning ichki dunyosiga yo‘l topa olgan yagona futbolchi Marsello bo‘lsa ajab emas. Chunki bu futbolchilardan qaysi biri gol ursa, darrov ikkinchisi uni qutlashga birinchilardan bo‘lib yetib keladi. Hatto u zahira maydonchasida bo‘lsa ham. Internet tarmoqlaridan qidirsangiz maydonda goldan so‘ng bu do‘stlarning ijro etgan kichkina raqs sahnalariga guvoh bo‘lasiz.Ranaldu u bilan futboldan tashqarida ham ko‘p ko‘rishib turishlari haqida ko‘p bor OAV ga intervyu bergan.

Maksvel-Ibrahimovich(2001-yildan beri)

  Ishonish qiyin bo‘lgan do‘stlik 2001-yilning yozida vujudga keladi. Kibrli mag‘rur Ibra Kantraktdagi mukofot pulini begona yurtda 3 kunda ishlatib qo‘yadi. Maoshgacha hali 20 kun bor edi. Ana shu holat haqida futbolchi o‘zining «Men Zlatan» kitobida quyidagichakeltiradi: “Menda umuman pul qolmagan edi. Begona shahardaman, hech kimni tanimayman. Xullas, imkonsiz qoldim. Noiloj, yangi jamoadoshlarimdan Maksga qo‘ng‘iroq qildim. Unga vaziyatni tushuntirib o‘tirishga hojat ham qolmadi. U darrov: «Okey, menikiga kelaqol»,- dedi. Biz Maks bilan bir oy birga yashadik. Men uning taomlarini yedim,u bilan bir xonada uxlardim. Tunlari u meni tungi klublarga olib borar edi” deya eslaydi Zlatan. Bu yigitlar haqiqatan ham chinakam ajralmas do‘st bo‘la olishdi. Ular «Barsa» , «Inter», «PSJ» , «Ayaks» da birga top tepishdi va o‘ndan oshiqroq kuboklar sohibiga aylanishdi.

Manba: Яҳёхўжа Улуғхўжаев
Kiritildi: 20:32, 10.12.2018.
O'qildi: 8618 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.