O‘zbekiston olimpiya qo‘mitasia prezidenti, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA sammitida qatnashish uchun bugun erta tongda Qatar mamlakatiga jo‘nab ketdi.
11-13 dekabr kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida FIFAga a’zo 5ta konfederasiyadan 50ta mamlakat vakillari turli masalalarni muhokama qilishadi. Mazkur mamlakatlar qatorida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ham FIFA sammitiga taklif etilgani quvonarli, albatta. Doha shahri 2017 yilning fevral oyida ham FIFA sammitiga mezbonlik qilgandi. Bu Dohadagi FIFAning ikkinchi sammiti bo‘ladi.
Qatardagi sammitda FIFA tomonidan tashkil etilayotgan musobaqalarga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilinib, tashkiliy qo‘mita hisobotlari tinglanadi. Shuningdek, FIFAga a’zo futbol assosiasiyalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilinadi. Bundan tashqari, VAR tizimini rivojlantirish bo‘yicha ham amaliy takliflar ko‘rib chiqiladi.
"FIFAga a’zo futbol assosiasiyalari vakillari bilan tez-tez uchrashib turish juda ham muhim. Mazkur uchrashuvlar davomida ularni qiynayotgan masalalar tinglanib, ularga amaliy yordam berish chora-tadbirlari ko‘rib chiqiladi. FIFA sammitlari orqali butun dunyo futbolidagi global muammolarni hal etishga harakat qilamiz", - deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi FIFA prezidenti Janni Infantino bo‘lajak sammit haqida.
Ronalduga optimal formaga qaytmagunicha tarkibda joy yo‘q [3676]
«Barselona» muzokaralarda oldinga siljidi [2856]
Xarri Keyn uchun kurashda «Barselona»ning raqobatchisi ma’lum bo‘ldi [2583]
«Real» darvozaboni boshqa bir top klubga o‘tishi mumkin [2046]
Ferran Torres «Barselona»dan «PSJ»ga o‘tganiga izoh berdi [1939]
Arteta universal futbolchini jiddiy kuzatmoqda [1904]
Alvaresning «Barselona»ga o‘tishi bo‘yicha yangi bayonoti kutilmoqda [1878]
“CHelsi” Satpayevning ijara transferidan qancha daromad olgani ma’lum bo‘ldi [1738]













