Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Eng bema’ni jarima

Eng bema’ni jarima

Baho:
+ | -

Portugaliya chempionatining 1-turida «Portu» «Dragao» stadionida kamtarona «Shavesh» jamoasini qabul qildi. Tribunalardagi 46 ming kishi natija qanday yakunlanishini bilardi. Chunki mehmonlarda g‘alaba qozonish uchun hech qanday imkoniyat yo‘q edi. Jamoalar tanaffusga chiqishganida tabloda 3:0 hisobi ko‘rinib turardi. Ikkinchi bo‘limdagi to‘qnashuvlarning birida Yasin Braimi va «Shavesh» hujumchisi Niltinyo dahanaki jangga kirishib ketishdi. Mojaroga bosh hakam Nuno Almeyde aralashishga majbur bo‘ldi. Braimi braziliyalik futbolchining bo‘ynidan ushlab, nimadir dedi. Hech kim hattoki sariq kartochka ham olmadi. O‘yin yakunlanganidan so‘ng futbolchilar ham, jamoalar ham bu haqda o‘ylashmadi. Lekin ishga negadir «Benfika» aralashdi.

Lissabonliklarning nimaga aralashishgani tushunarsiz. Ammo «burgutlar» federasiyaga Braimini chetlatish lozimligi borasida arz qilishdi. «Shavesh» bu vaziyatga e’tibor qaratmadi. Niltinyo va Portugaliyadagi kichik klubning boshqa vakillari ikki gigant-ning ishiga aralashishni istashmagan bo‘lsa kerak.  Videotakrorlarga tayangan «Benfika» hakam «Portu»ning jazoirlik futbolchisini yetarlicha jazolmagan, deb hisobladi. To‘g‘ri, lissabonliklar «Portu»ning asosiy raqobatchilaridan biri hisoblanishadi. Braimining diskvalifikasiya qilinishi esa qaysidir ma’noda jamoaga qo‘l kelishi mumkin. Biroq «Benfika»ning arizasi nafaqat «Portu»ni, balki intizom qo‘mitasini ham ajablantirdi.

Federasiya surishtiruv ishlarini bir necha oy olib bordi va Braimini chetlatmaydigan bo‘ldi. Lekin jarimaga tortdi. Jarima summasi hayron qoldiradi: 19 yevro 13 sent. Intizom qo‘mitasi ko‘ngliga kelgan raqamni tanlab jarimaga tortgan, deb o‘ylashingiz mumkin. Aslida esa unday emas. 1913 yili «Portu» uchun jonajon bo‘lgan Campo da Constituicao stadioni foydalanishga topshirilgan. Bungacha klub Campo da Rua da Rainha arenasida o‘ynagan. Xullas, intizom qo‘mitasidagilar «Benfika»ning arzini inkor etishmadi. Balki vaziyatdan chiqishning antiqa usulini qo‘llashdi. Nima qilgan taqdirda ham, Yasin Braimi «yigirmatalik»dan mahrum bo‘ladi. Umid qilamizki, federasiyadagilar unga 87 sent qaytim berishadi.

Aytgancha, «Benfika» bu qarorga rozi bo‘lmadi va apellyasiya bermoqchi. Endi qanday yo‘l tanlashadi? Balki Yasin Braimi 19 daqiqa-yu 13 soniyaga diskvalifikasiya qilinar?..

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 08:48, 11.12.2018.
O'qildi: 2326 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик