Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

Oldin qarzni yopish kerak, keyin yangi rejalar tuzing...

Oldin qarzni yopish kerak, keyin yangi rejalar tuzing...

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ayrim futbol klublariga 100 so‘m bersangiz, shu pulni ishlatib, yilni yana 20 so‘m qarz bilan yopgan holatlar bo‘lgan.

Pul kam yoki ko‘pligi hozir boshqa masala. Asosiy masala — agar bu mushuk bo‘lsa, unda go‘sht qani? Agar bu go‘sht bo‘lsa, unda mushuk qani?

Shunga qaramay, klublar keyingi yil uchun yana alohida 100 so‘m olishda davom etgan, biroq ishni 20 so‘mni yopishdan boshlamagan. U eski yil, eski qarzlar, axir biz yangi yildamiz-ku! Toma-toma ko‘l bo‘lib, aralashmagan FIFA ham qolmagan, fuqarolik sudlari ham, okalar ham, ukalar ham, xullas, hamma.
Tez orada PFL barcha klublar bo‘ynida turgan qarzdorliklarni aniqlab oladi. Kim otelga pulini bermagan, kim medsentrga, yana kimdir futbolchilarni sarson qilgan va hokazo. Esingizdami, UYEFA “Barselona” va “Real” klublariga transfer bozoridagi operasiyalarini amalga oshirishni taqiqlab qo‘ygandi. Endi shu siyosat bizda ham bo‘ladi. Ya’ni, klublar avval qarzdorlik masalasini biryoqlik qiladi va undan keyin boshqa ishlarga o‘tadi.
Hozir hamma o‘z qarzini boricha ko‘rsatgani yaxshi, ahvoli ming og‘ir bo‘lsa ham, imkoniyat beriladi. Biroq boshqa joydan keyinchalik qarz chiqib keladigan bo‘lsa, sanksiya ancha jiddiylashadi. Klublarning kartotekada yurishi, sudma-sud yurishi futbolni rivojlantirmaydi. Oldin shunday mash-mashalardan qutilish va undan keyin porloq yo‘l sovxozi sari yo‘lga chiqish mantiqliroq...

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:21, 11.12.2018.
O'qildi: 2255 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик