Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Buxoro» Cuperligadan chetlatilishi mumkin

«Buxoro» Cuperligadan chetlatilishi mumkin

Baho:
+ | -

“O‘FA va O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini lisenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo‘yicha reglament” ishlab chiqilgani va uning O‘FA Ijroqo‘mi byurosi tomonidan tasdiqlangani haqida xabaringiz bor.

Aynan shu reglamentga muvofiq klublarni lisenziyalash bo‘yicha Ishchi guruhi 5-6 dekabr kunlari “Buxoro” futbol klubida belgilangan talablarning bajarilishi yuzasidan monitoring o‘tkazdi.

O‘rganishlar jarayonida futbol klubi stadioni maydonining talab darajasida emasligi, maydon yoritish tizimini mutaxassislarni jalb etgan holda sozlash kerakligi, stadiondagi o‘rindiqlar, futbolchilarning kiyinish xonalari, hakamlar va komissar xonalari ta’mirtalab holatga kelib qolganiligi, stadionda OAV xodimlari uchun yetarlicha sharoitning mavjud emasligi, futbol akademiyasini tashkil etish choralari ko‘rilmagani, moliyaviy qarzdorliklarni bartaraf etilmagani aniqlandi. Shuningdek, futbol klubining boshqaruv tizimi, kadrlar bo‘limi, marketing bo‘limi, lisenziyalash bo‘limi va matbuot xizmatiga malakali mutaxassislarni jalb etilishi dolzarb ahamiyatga ega hisoblanadi. 

Ta’kidlash lozim, “Buxoro” futbol klubi tomonidan mazkur kamchiliklar joriy yil 25 dekabr sanasiga qadar bartaraf etish choralari ko‘rilmasa, O‘zbekiston Professional Futbol Ligasining klublarni lisenziyalash bo‘yicha Ishchi guruhi xulosasiga asosan futbol klubini kelasi mavsum uchun Superligadan chetlashtirish masalasi ko‘rib chiqilishi yuzasidan “Buxoro” futbol klubi jiddiy ogohlantirildi. 

Manba: PFL
Kiritildi: 13:15, 12.12.2018.
O'qildi: 3224 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.