Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

«Sog‘lom avlod» stadionida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?

«Sog‘lom avlod» stadionida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?

Baho:
+ | -

Avval xabar berganimizdek, kecha Andijon shahridagi “Sog‘lom avlod” stadionida Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov yig‘ilish o‘tkazib, yangi mavsumga stadionni PFL talablariga muvofiq tarzda tayyorlash bo‘yicha mas’ul shaxslarga topshiriq bergandi.

Bugundan rasman maydon ustalari ishni boshlab yubordi. Maydonni butunlay qaytadan tayyorlashga astoydil bel bog‘lagan, mahalliy mutaxassis Qobiljon Rahmonovning aytishicha, nasib qilsa “Sog‘lom avlod” stadionining maydoni mart oyiga borib foydalanishga topishiriladi.

Stadionda maydonni qayta tayyorlashdan tashqari, yana bir qancha e’tiborga molik o‘zgarishlar qilinadigan bo‘ldi. Bu esa har qanday muxlisni quvontirmasdan qolmaydi albatta.

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov yig‘ilishda stadiondagi “projektor”larga ham e’tibor qaratib, yoritkichlar qaytadan qilinishi kerakligini bildirdi.

Yoritkich PFL talabiga binoan eng kamida 1200 lyuks bo‘lishi shart. Shu bois viloyat elektr tarmoqlari rahbariga shaxsan viloyat hokimining o‘zi topshiriq berib, yoritkichlar talab darajasida bo‘lishi kerakligini a’lohida ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek uchrashuv chog‘ida hisobni aks ettirib turuvchi yangi zamonaviy elektron tablo ham qo‘yiladigan bo‘ldi. Ushbu elektron tablo ham kompyuterda boshqarib boriladi va o‘yindan avval “Andijon” jamoasi tarkibida xarakat qiladigan futbolchilarni rasmlari bilan tanishtirib boriladi.

Bundan tashqari 1 sektorda lisenziyalash talablaridan kelib chiqib, CIP loja tashkil etiladi va u yerdagi o‘rindiqlar boshqa sektorlarnikidan farq qiladi. Tribunaning qolgan sektorlari 18000 dona o‘rindiq bilan butunlay yangilanadigan bo‘ldi.

O‘rindiqlar hozirgidek har xil rangda emas balki, ikki xil rangda bo‘ladi. Ya’ni oq va ko‘k.

Stadiondagi reklama shitlari ham kompyuterlashtirilib, jamoa xomiylarining nomi uchrashuv paytida reklama qilinib boriladi.

Yana bir muhim yangilik – “Sog‘lom avlod” stadionida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun alohida joy ajratiladigan bo‘ldi. Rejaga ko‘ra hozircha eng kamida 30ta jurnalist uchrashuv paytida bir vaqtning o‘zida media-tribunada qulay va sifatli internet tizimi orqali bemalol ishlay oladigan sharoit yaratiladi.

“Sog‘lom avlod”dagi bu kabi eng muhim ishlar amalga oshirilgach, shubhasiz stadionimiz yanada chiroyli ko‘rinishga kelishi turgan gap.

Manba: UZPFL
Kiritildi: 16:39, 12.12.2018.
O'qildi: 3848 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик