Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Ro‘zimboyga ishonch bildirish kerak edi...

Ro‘zimboyga ishonch bildirish kerak edi...

Baho:
+ | -

O‘zbek futbolida o‘sha Ronaldinyo, Rivaldo, Ronaldo, Ronaldu, Zidan, Ouen, Messi va Modrich kabi yulduzlar ham qayd etolmagan natijaga erishgan bir yigit bor - bu Ro‘zimboy Ahmedov. Ha, xuddi shunday. Bilasiz, 2008-2009 yillarda «Bunyodkor» butun Osiyoda shov-shuv ko‘targandi. Axir «Oltin to‘p» sohibi va jahon chempioni - Rivaldo, taniqli murabbiylar - Ziko hamda Luiz Felipe Skolari Toshkentga kelishgandi.

Ro‘zimboy esa o‘sha vaqt «Xorazm» klubida to‘p surardi va u 22 yoshida Osiyo futbolini zir titratgan «Bunyodkor» darvozasini ishg‘ol qilgan. Shuningdek, Odil Ahmedov va Aleksandr Geynrix kabi futbolchilarga ega «Paxtakor» bilan o‘yinda ham gol urgandi. Qisqasi, Ro‘zimboyning o‘ziga xos natijasi shuki, u 22 yoshida  jahon chempioni sanalgan murabbiy (Skolari) va futbolchi (Rivaldo) jamoasiga qarshi bahsda gol urdi.

Menimcha, Ro‘zimboy Ahmedovni o‘shandayoq milliy jamoaga jalb etib, «pishitib» borish kerak edi. Afsuski, u vaqtida chaqiruv olmadi. Deylik, 2009 yildan buyon MTJda ko‘plab hujumchilarga imkoniyat berildi, lekin hech biri chin goleador rolini bajarolmadi.

To‘g‘ri, birgina Geynrix nisbatan yaxshi o‘ynadi. Ehtimolki, Ro‘zimboyga vaqtida e’tibor qaratilganida, u Maksim Shaskix darajasidagi hujumchiga aylanarmidi? Biroq na Vadim Abramov va Mirjalol Qosimov, na Samvel Babayan iqtidorli yigitga imkon berdi. Vaholanki, milliy jamoada 2 yil davomida umuman gol urmagan hujumchilarni ham ko‘rdik.

Tan olaylik, Server Jeparov, Odil Ahmedov, Temur Kapadze, Aziz Haydarov, Sanjar Tursunov markazda talab darajasida o‘ynashganida, bizga kuchli hujumchi yetishmadi. Nima demoqchiman, murabbiylarimizda yosh iqtidorlarga ishonish, ularni toblash xislati yo‘q. Menimcha, Ro‘zimboy Ahmedov hali ham o‘z iqtidorini to‘liq ochmagan. Unga milliy jamoada bir bora imkoniyat berib ko‘rish kerakdir, balki. Shaxsan men bu futbolchining OK-2019da jamoamizga naf keltira olishiga ishonaman.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 08:21, 13.12.2018.
O'qildi: 4870 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик