Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘FA Xalqaro boshqarma mutasaddilari «Inter» klubi akademiyasi rahbariyati bilan uchrashdi

O‘FA Xalqaro boshqarma mutasaddilari «Inter» klubi akademiyasi rahbariyati bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan yurtimizda bolalar futbolini rivojlantirish, bu borada Yevropaning futboli rivojlangan mamlakatlari futbol akademiyalari bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatish borasida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan joriy yilda Ispaniyaning "Real Madrid" akademiyasi vakillari poytaxtimizda va viloyatlarda master-klasslar o‘tkazishdi. Shuningdek, bir qator iqtidorli yosh futbolchilarimiz Madrid shahriga tashrif buyurib, u yerda bevosita "Qirollik klubi" akademiyasi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.   Bu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirish maqsadida, bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Xalqaro boshqarma boshlig‘i Diyor Isametdinov va boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Olim Arifov Italiyaning Milan shahrida "Inter" klubi akademiyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda "Inter" akademiyasi departamenti boshlig‘i Barbara Biggi, "Inter" klubining akademiyalar bo‘yicha texnik direktori Aldo Montinaro va "Inter" akademiyasi texnik direktori Marko Montilar qatnashishdi.

Uchrashuv davomida yurtimizda "Inter" akademiyasi filialini ochish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, "Inter" akademiyasi murabbiylari ishtirokida mamlakatimizda bolalar futboli mutaxassislari uchun mahorat darslari o‘tkazish, o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha ham muzokaralar o‘tkazildi. Bundan tashqari, "Inter" klubi afsonasi" loyihasi bo‘yicha, klub tarkibida to‘p surgan mashhur futbolchilarni O‘zbekistonga olib kelish va ular bilan uchrashuvlar o‘tkazish ham muhokama mavzusidan o‘rin oldi.

Ma’lumki, hozirda yurtimizda "Pro" diplomi bo‘yicha o‘quv kurslarining ikkinchi moduli bo‘lib o‘tmoqda. Mana shu o‘quv kurslarida ta’lim olayotgan mutaxassislarni Italiyaga olib borib, "Inter" klubi mashg‘ulotlarini bevosita maydondan kuzatish va tajriba o‘rganish jarayonini yo‘lga qo‘yish borasida ham fikr almashildi. 

Shuningdek, O‘zbekistonda "Inter" klubining rasmiy fan-klubini ochish masalasi ham ko‘rib chiqildi. 

Bugun O‘FA mutasaddilari "Inter" akademiyasiga tashrif buyurib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishlari ham rejalashtirilgan.
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 21:26, 14.12.2018.
O'qildi: 2507 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.