Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

To‘lqin Qilichev: «Yosh bokschini shogird qilib olishda avvalo ota-onasiga ahamiyat beraman»

To‘lqin Qilichev: «Yosh bokschini shogird qilib olishda avvalo ota-onasiga ahamiyat beraman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylari To‘lqin Qilichev va Rahmatjon Ro‘zioxunov Kun.uz bilan suhbatda Bahodir Jalolov, Shahram G‘iyosov va Isroil Madrimov kabi o‘zbek boksining bir qator taniqli vakillari asosiy jamoaga qanday jalb etilgani haqida gapirib berishdi.

Terma jamoa katta murabbiyi Ro‘zioxunovning aytishicha, ushbu sportchilarning bugungi darajaga yetishida bosh murabbiy To‘lqin Qilichevning hissasi katta bo‘lgan.

«Oddiy misol sifatida Jalolovni oladigan bo‘lsak, u o‘zi darvozabon bo‘laman deb futbolga kelgan sportchi edi. Qilichev unga tushuntirib, to‘g‘ri yo‘lga boshlagan. Hozir esa u boksda yulduz darajasiga chiqib bormoqda.

Shahram G‘iyosovni men Xitoydagi chempionatda kuzatgan edim. Xitoylik jangchilarni qanday chiroyli yutib qo‘yganidan hayron qolib: «Bu Roy Jons ekan-ku» deganman. U Samarqanddagi respublika birinchiligida g‘olib chiqib, Xitoydagi Osiyo chempionatida Olimpiada lisenziyasini qo‘lga kiritdi», - deydi Ro‘zioxunov.

«Hozir terma jamoada sportchilar juda ko‘p – 120-130 nafar bokschi yig‘ilgan. Ularning orasidan tanlab olish oson, chunki u yerga tayyor sportchilar keladi. Lekin To‘lqin kabi ularni yoshligidan tanlab olish, unga mehrini berish va ulg‘aytirish katta mehnat talab qiladi. Nima uchun?

Chunki bitirganidan keyin Murodjon o‘z uyiga – Namanganga, Jalolov vohaga, Madrimov Xorazmga va shu kabi boshqalar ham o‘z viloyatlariga ketishi kerak edi. Ammo [Qilichev] ularni ketkizmasdan, o‘z yonidan uy olib, ovqatlanish sharoitini yaratib, Chirchiqda olib qoldi va shug‘ullantirishda davom etdi. Chunki endi hosil beraman, degan paytda o‘qishini bitirib ketishi kerak. Ular keyinroq institutga kirishdi. Shu tariqa, To‘lqin bu bokschilarni asta-sekinlik bilan olib chiqqan», - deya ta’kidlaydi Rahmatjon Ro‘zioxunov.

Bosh murabbiy To‘lqin Qilichevning o‘zi esa yosh shogirdlarni tanlab olishda qaysi jihatni birinchi navbatda inobatga olishi haqidagi savolga quyidagicha javob berdi.

«Yosh shogirdlarni tanlashda men birinchi navbatda ota-onasi bilan gaplashaman. Bu zo‘r, tilla bola bo‘lishi mumkin, lekin ota-onasi sizning qaroringizni qo‘llab-quvvatlamasa, foydasi yo‘q. Ular bilan gapingiz bir joydan chiqmasa, ish bo‘lmaydi.

Bola yig‘lab borganda ham ota-ona: «Murabbiying nima desa, shu to‘g‘ri» deb tursa, shundagina bu bolani olaman. Chunki men qattiqqo‘l munosabatda bo‘laman. Shunga muvofiq natijaga ham javob beraman. Ota-onaning sizni qo‘llab-quvvatlashi juda muhim: agar ota-ona bolani u yoqqa, siz bu yoqqa tortsangiz, bola o‘rtada qoladi.

Isroil ham, Murodjon ham, Bahodir ham, Mahmud, Shunqor – hammasining ota-onasi shundayki, o‘g‘lini ishonib topshira oladi» – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Qilichev.

Intervyuni to‘liq shaklda Kun.uz`ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tomosha qilishingiz mumkin.

Manba: www.kun.uz
Kiritildi: 20:05, 15.12.2018.
O'qildi: 1665 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.