Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-0 Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

O‘zbekistonning 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi uchun ovoz bering

O‘zbekistonning 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi uchun ovoz bering

Baho:
+1 | -
2018 yil ham yakuniga yetib qoldi. Bu yil o‘zbek futbolida juda ko‘p o‘zgarishlar, islohotlar amalga oshirildi, katta yutuqlar qo‘lga kiritildi.   Jumladan, yil boshida Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempionatida g‘alaba qozonib, tarixdan joy oldi. Shuningdek, yozda Indozeniyada bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlari ushbu jamoa chiroyli o‘yin namoyish qilib, muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘ldi. O‘sha musobaqada faqatgina omadsizlik tufayli terma jamoamiz keyinchalik chempionga aylangan Janubiy Koreyaga mag‘lub bo‘lgandi.    Bundan tashqari, muxlislarga va’da qilinganidek milliy terma jamoamizga xorijdan yangi bosh murabbiy tayinlandi. O‘zbekiston terma jamoasi mazkur murabbiy qo‘lostida bir qator o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushdi. Ayni paytda esa Turkiyada Osiyo Kubogi musobaqasiga tayyorgarlik olib bormoqda.   Yanvardagi  U-23 Osiyo chempionati bir qator yosh futbolchilarni muxlislarga kashf qilib berdi. Ushbu futbolchilar keyinchalik milliy terma jamoamizning yangi bosh murabbiy Ektor Kuperning ham e’tiboriga tushishdi va milliy terma jamoadan taklif olishdi. Terma jamoa tarkibida Odil Ahmedov, Marat Bikmayev, Anzur Ismoilov kabi tajribali futbolchilar bilan bir qatorda, Ikrom Aliboyev, Javohir Sidiqov, Aziz G‘aniyev kabi futbolchilar o‘zlarini ko‘rsata boshlashdi.   Shuningdek, turli yoshdagi erkaklar va ayollar terma jamoalarimiz ham ushbu mavsumda bir qator xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashishdi. Jumladan, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi noyabr oyida "Dubai Cup" musobaqasida g‘olib chiqdi. Karima Yo‘ldosheva boshchiligidagi O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi oktyabr oyida Bishkekda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati saralashining 1-bosqichida guruhda 1-o‘rinni egalladi. Bahrom Norsafarov boshchiligidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi noyabr oyidagi "CAFA championship" musobaqasida tengsiz deb topildi.    Yil yakunlanar ekan, 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi va eng yaxshi murabbiyini aniqlash vaqti kelganini e’lon qilmoqchimiz. Demak, O‘FA tomonidan o‘tkaziladigan so‘rovnomada O‘zbekistonda va xorijda to‘p surayotgan, faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik futbolchi va murabbiylar ishtirok etishlari mumkin. Barcha OAV xodimlari, shuningdek, muxlislarni so‘rovnomada faol bo‘lishga chaqiramiz! Har bitta OAV tahririyati bitta ovozga ega, muxlislarning ovozi ham jamlanib, bitta ovoz sifatida qabul qilinadi.     2018 yilning eng yaxshi futbolchisi kim bo‘lishi kerak? O‘z nomzodlaringizni birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga joylashtirgan holda, info@ufa.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.    Masalan, O‘zbekistonning 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi:   1. 2. 3.   O‘zbekistonning 2018 yildagi eng yaxshi murabbiyi:   1. 2. 3.   Eng ko‘p ovoz to‘plagan futbolchi va murabbiy yil yakunida O‘FA tomonidan taqdirlanadi.
Manba: ufa.uz
Kiritildi: 16:01, 17.12.2018.
O'qildi: 3148 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.