Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

«Metallurg» 2019 yilgi mavsumga qanday tayyorgarlik ko‘ryapti?

«Metallurg» 2019 yilgi mavsumga qanday tayyorgarlik ko‘ryapti?

Baho:
+ | -

Yaqinda O‘zbekiston Professional futbol ligasining klublarni lisenziyalash bo‘yicha Ishchi guruhi Bekobod shahriga tashrif buyurdi.

Tajribali mutaxassislar “Metallurg” markaziy stadionida bartaraf etilishi lozim bo‘lgan ayrim kamchiliklarni qayd etib ketishgandi. Shunga ko‘ra klub mutassaddilari kamchilik va nuqsonlarni qisqa fursatlar ichida bartaraf etish choralarini ko‘rishmoqda.

Jumladan, “Metallurg” markaziy stadioni maydoni sifatini yaxshilash  bo‘yicha Bekobod shahar hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassislari – agronomlar chaqirtirildi. Joyning o‘zida vaziyat o‘rganilib, maydonning ba’zi hududlari chimi o‘zgartirilishi kerakligi, bundan tashqari katta miqdorda qumli tuproq yotqizilib, maydonga to‘liq yangi chim urug‘lari qadalishiga kelishib olindi.

Bu jarayonda avval maydon hududi tekislanib, keyin urug‘ qadash holati yangi mavsum boshlangunga qadar uch marotaba amalga oshiriladi. Ayni paytda chimi ko‘karishi dargumon bo‘lgan, sarg‘ayib ketgan hududlarda ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi. Shuningdek, maydonni sug‘orish tizimi ham to‘liq yangilanadigan bo‘ldi.

Maydon va tribunalar oralig‘idagi temir panjaralar yangi mavsumgacha olib tashlanib, muxlislar uchun qulayroq – pastroq trubalarga almashtiriladi. Maydon chetiga esa sun’iy  qoplamali chim yotqiziladigan bo‘ldi.

Monitoring jarayonida mutaxassislar tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklardan yana biri – tribunaning singan o‘rindiqlarini almashtirish jarayoni ham tezkorlik bilan olib borilayapti. Futbolchilarning kiyinish, yuvinish xonalari, hakamlar va komissar xonalari esa qisqa fursat ichida joriy ta’mirdan chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

“O‘zmetkombinat” muhandislari, elektriklari yordamida “Metallurg” markaziy stadionidagi yoritish tizimida ham kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Jumladan, projektorlarga quvvat beruvchi moslama muruvvatlari yangilanayapti. Endilikda bu muruvvatlar katta kuchlanishni bemalol ko‘taradigan holatga olib kelinmoqda.

Klubning futbolchilar oldidagi qarzdorlik holati bo‘yicha: ayni paytda noyabr oyi uchun ish haqi va bitta uchrashuvga mukofot pullari berilmagan. Bu qarzdorlik ham Yangi yil bayramiga qadar uzilishi rejalashtirilyapti.

“Metallurg” futbol akademiyasini qurish, unga yer hududi ajratish yuzasidan Bekobod shahri hokimligi qarori chiqdi. Akademiya qurilishi borasida takliflar klub muassisi – “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AO rahbariyatiga taqdim etildi va xarajatlar smetasi tasdiqqa topshirildi. O‘z navbatida “O‘zmetkombinat” AO tomonidan akademiya loyihasi ham ishlab chiqilyapti.

Jamoa o‘yinchilari dekabr oyining so‘nggi o‘n kunligida Qibray o‘quv-mashg‘ulot maskanida to‘planishadi va jismoniy tayyorgarlikni tiklash jarayonini boshlab yuborishadi. Keyingi bosqich yig‘inlarini o‘tkazish rejasi esa shu kunlarda ko‘rib chiqilmoqda.

Manba: Stadion
Kiritildi: 04:39, 18.12.2018.
O'qildi: 3370 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.