Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Sport federasiyalari MOQqa yillik hisobot taqdim etishdi

Sport federasiyalari MOQqa yillik hisobot taqdim etishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, Milliy olimpiya qo‘mitasida sport federasiyalari bilan hamkorlikda Tokio 2020 Olimpiadasiga atab ishlab chiqilgan strategiya muhokama qilinmoqda. Bungacha yurtimizdagi ko‘plab sport federasiya va assosiasiyalari Olimpiya o‘yinlari uchun ishlangan rejalari bilan MOQni tanishtirishdi.

Bu safargi yig‘ilish O‘zbekiston o‘q otish sporti, shuningdek O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasi vakillari bilan o‘tkazildi.

O‘q otish sporti federasiyasi vakillari bilan uchrashuvda yil davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Jumladan, federasiya bosh kotibi Jaloliddin Atabullayev bu yil viloyatlarda ochilgan bo‘limlar, xalqaro miqyoda olib borilgan ishlar, moddiy texnik bazani kuchaytirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma’lumot berdi. Shuningdek, murabbiylar malakasini oshirish bo‘yicha tashkil etiladigan seminar haqida gapirib berdi.

O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasi mutasaddilari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda ham tashkilotning yil davomida amalga oshirgan ishlari tahlil qilindi. Bundan tashqari, reyting turnirlarini muvaffaqiyatli o‘tkazib, Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi. Terma jamoa sportchilari uchun tashkil etiladigan mashg‘ulotlar uslubi eskirganligi, bu borada jahonda yetakchi mamlakatlar tajribasini tatbiq etish lozimligi qayd etildi. Shuningdek, terma jamoa uchun yangi nomlarni jalb qilish kerakligiga e’tibor qaratildi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:21, 18.12.2018.
O'qildi: 2083 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.