Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Tennis. O‘zbekiston Tokio 2020 Olimpiadasiga yana lisenziya qo‘lga kirita oladimi?

Tennis. O‘zbekiston Tokio 2020 Olimpiadasiga yana lisenziya qo‘lga kirita oladimi?

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, shu kunlarda Milliy olimpiya qo‘mitasi yurtimizdagi sport federasiyalari va assosiasiyalari bilan birgalikda Tokio 2020 Olimpiadasi uchun ishlab chiqilgan strategik rejani muhokama qilmoqda. Navbatdagi yig‘ilish O‘zbekiston tennis federasiyasi mutasaddilari bilan tashkil etildi.

Sizga yaxshi ma’lumki, O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarida g‘olib bo‘lish orqali Tokio mezbonlik qiladigan Olimpiadaga yo‘llanma qo‘lga kiritib bo‘lgan.

Bu borada Denis o‘zbekistonlik sportchilar ichida birinchi bo‘ldi. Ammo, bu bilan cheklanib qolmaslik zarur. Bugun o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘zbekistonlik tennischilarning ayollar o‘rtasidagi yakkalik musobaqalarda, shuningdek erkaklar o‘rtasidagi juftlik bellashuvlarida lisenziya qo‘lga kiritish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Ushbu rejani amalga oshirish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi. Ish jarayoni davomida yuzaga keladigan, yosh iqtidorlarning o‘zini ko‘rsatishi uchun halal berayotgan muammolar o‘rtaga tashlandi.

Tizimni o‘zgartirish, terma jamoa a’zolari uchun eng yaxshi sharoitlarda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil qilish, tennischilarimiz uchun xorijdan malakali murabbiy olib kelish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

O‘z navbatida sportchilarimizning mahoratini oshirish, jahon reytingidagi o‘rnini mustahkamlash maqsadida O‘zbekistonda xalqaro turnirlarni tashkil etish lozimligi qayd etib o‘tildi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 18:48, 19.12.2018.
O'qildi: 1774 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.