Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

APLda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar (fotogalereya)

APLda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar (fotogalereya)

Baho:
+ | -

O‘tgan hafta «Liverpul» yarim himoyachisi Jeyms Milner APLda 500ta o‘yin o‘tkazgan kamsonli futbolchilardan biriga aylandi. Nima deb o‘ylaysiz, jahonning top ligalaridan birida bunday sharafli maqomga erishish nechog‘li mushkul?

Hattoki, Terri va Skoulz ham bunday yubileyni havas qilishgan, har ikkisi marraga yaqin qolganda faoliyatlarini yakunlashdi. Polning nima sababdan bu qadar jahldor ekspert ekani endi tushunarli - u APLda 499ta o‘yin o‘tkazgan, vaholanki, ligadagi boshqa «qariyalar» kabi yarim minglik ko‘rsatkichga erishishni xohlagandi.

Angliya oliy divizionida 500ta o‘yin ko‘rsatkichiga erishish juda qiyin. Top-20da joriy mavsum ishtirokchilarining atigi uch nafari bor: Krauch, Defo hamda Milner. E’tibor bering, Runi, Kerrik yoki Petr Chex singari yulduzlar ham matonatli afsonalar klubiga kira olishmagan.

Xo‘sh, u holda bu ro‘yxatdan kimlar o‘rin egallagan? Quyidagi fotojamlanma orqali ushbu savolga javob topishingiz mumkin.

13-o‘rin. JEYMS MILNER - 500 o‘yin

APLdagi klublari: «Lids», «Nyukasl», «Aston Villa», «Manchester Siti», «Liverpul»

12-o‘rin. SOL KEMPBELL - 503 o‘yin

APLdagi klublari: «Tottenxem», «Arsenal», «Portsmut», «Nyukasl»

11-o‘rin. RIO FERDINAND - 504 o‘yin

APLdagi klublari: «Vest Xem», «Lids», «MYU», «KPR»

10-o‘rin. STIVEN JERRARD - 504 o‘yin

APLdagi klubi: «Liverpul»

9-o‘rin. FIL NEVILL - 505 o‘yin

APLdagi klublari: «MYU», «Everton»

8-o‘rin. JEYMI KARRAGER - 508 o‘yin

APLdagi klubi: «Liverpul»

7-o‘rin. MARK SHVARSER - 514 o‘yin

APLdagi klublari: «Midlsbro», «Fulxem», «Chelsi», «Lester»

6-o‘rin. EMIL XESKI - 516 o‘yin

APLdagi klublari: «Lester», «Liverpul», «Birmingem», «Uigan», «Aston Villa»

5-o‘rin. GERI SPID - 535 o‘yin

APLdagi klublari: «Lids», «Everton», «Nyukasl», «Bolton»

4-o‘rin. DEVID JEYMS - 572 o‘yin

APLdagi klublari: «Liverpul», «Aston Villa», «Vest Xem», «Manchester Siti», «Portsmut»

3-o‘rin. FRENK LEMPARD - 609 o‘yin

APLdagi klublari: «Vest Xem», «Chelsi», «Manchester Siti»

2-o‘rin. RAYAN GIGGZ - 632 o‘yin

APLdagi klubi: «MYU»

1-o‘rin. GARET BERRI - 653 o‘yin

APLdagi klublari: «Aston Villa», «Manchester Siti», «Everton», «Vest Bromvich»

APLda o‘tkazgan o‘yinlari soni 500ga yaqinlashib qolganlar

JERMEYN DEFO («Bornmut») - 496 o‘yin, PETR CHEX («Arsenal») - 443 o‘yin, LEYTON BEYNS («Everton») - 410 o‘yin.

Abdulloxon ISROILXONOV tayyorladi

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 01:43, 20.12.2018.
O'qildi: 2412 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.