Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bokschi Elnur Abduraimov uylandi

Bokschi Elnur Abduraimov uylandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni, o‘zbekistonlik professional bokschi Elnur Abduraimov uylandi.

Bokschining to‘yi 18 dekabr kuni Chirchiq shahrida bo‘lib o‘tgan. Ayni damda ijtimoiy tarmoqlarda to‘y suratlari tarqalmoqda.

Abduraimovning to‘yida o‘zbek boksining yosh yulduzlari Shahram G‘iyosov, Murodjon Ahmadaliyev, Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, Elnur Abduraimov 19 oktyabr kuni tongda AQSHda professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazgandi. Elnur amerikalik raqibi Jovanni Gonsalesni 2-raunddayoq nakautga uchratgan.

Ma’lumot o‘rnida, Elnur Abduraimov 1994 yilning 10 iyun kuni Toshkent viloyatida tug‘ilgan.

Kiritildi: 11:50, 20.12.2018.
O'qildi: 6148 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.