Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Islomni qabul qilgan yulduzlar haqida

Islomni qabul qilgan yulduzlar haqida

Baho:
+1 | -

Hozirda zamonaviy futbolda musulmon yulduzlar ko‘p. Riyod Mahrez, Mesut O‘zil, Yahyo Ture, Ilkay Gundogan, Karim Benzama.. Bu o‘z-o‘zidan tushunarli, lekin shunday futbolchilar borki, ularda Islom haqida tushuncha bo‘lmagan oilalarda tavallud topishgan. Ularninig islomni qabul qilganlari haqida qisqacha izoh berib o‘tsak.

Pol Pogba

Pol Islom dini bilan 2014-yildag JCHda qiziqib qoladi. Unga jamoadoshi Mussa Sisoko bu din haqida to‘liq ma’lumot beradi. Pogba esa o‘sha yilining o‘zidayoq eng to‘g‘ri bo‘lgan yo‘lni tanlaydi. Intervyulardan birida jurnalist aynan shu savolni beradi:

— Pol, siz Islomni qabul qilibsiz, bu rostmi?
— Ha albatta bu eng to‘g‘ri din. Sababi Islomda irqidan, tanasining rangidan qat’iy nazar hamma Alloh oldida tengligi va Qur’onning go‘zal ovozi menga uning naqadar to‘g‘ri yo‘l ekanligini tushunishimga turtki bo‘ldi, — deya javob qaytagandi Pogba.

Hozirda Pol har o‘yin oldidan «Fotiha» surasini o‘qib maydonga tushadi. U hozirda arab tilini o‘rganmoqda.

Frank Riberi

Uning karyerasida aynan 2006-yilgi Mundial katta rol o‘ynaganini yaxshi bilsangiz kerak. Aynan o‘sha mundial olididan Riberi Islom dinini qabul qiladi. Buning sababi esa Vaiba ismli oddiygina jazoirlik qiz ekanligini ko‘pchilik bilmasa kerak. U Riberiga turmushga chiqishi uchun Riberi islom dinini qabul qilishi kerak ekanligini aytadi. Ko‘p kutishga hojat qolmaydi va tez orada Riberi Haq yo‘lga o‘tadi. U o‘ziga Bilol ismini tanlaydi. U «Bavariya» kiyinish xonasida ham Bilol deb chaqirishlarini talab qiladi. Yaqinda Bilol haqiqiy musulmon sifatida Hamid Oltinto‘p bilan Umra ziyoratini ado etdi.

Nikolya Anelka

Yana bir fransuz o‘z hayotida to‘g‘ri yo‘lini topishga muvaffaq bo‘lgan. U 2004-yilning oxirlarida Turkiyaninig «Fenerbahche» jamoasi sharafini himoya qilar edi. O‘sha kuni u mashg‘ulotlarga shoshib uydan chiqadi. Shu payt uzoqdan azon tovushi eshitiladi. Anelka buni eshitib joyida qotib qoladi. O‘sha kuni u mashg‘ulotlarga bormaydi. Masjid imomi unga "Yusuf" surasini o‘qib beradi. Anelka uni eshitadiyu ko‘zlaridagi yoshlarni tiya olmay qoladi... Tez orada u islomni qabul qiladi va o‘ziga Abdusalom deya ism qo‘yadi. Hozirda futbolchilik faoliyatini tugatgan Abdusalom havas qilsa arizulik islomiy hayot kechirmoqda.

Erik Abidal

U ham xuddi Riberi singari Hayot ismli jazoirlik qizni sevib qoladi. U qizning oilasi qiyinchilikda yashashini bilib, ular to‘yga rozi bo‘lishsa, moliyaviy yordamni taklif etadi. Qizning dadasi esa kulgancha unga faqat islomni qabul qilishining o‘zi kifoya ekanligini aytadi. Tez orada Abidal haq yo‘lga kiradi va ularninig to‘yi bo‘lib o‘tadi. Ko‘p o‘tmay unda saraton kasalligi aniqlanadi. «Ana o‘shanda men Allohga yolvorib ibodat qilishni boshladim, Umra safarida bo‘ldim, nimaiki musulmonlarga yordam kerak bo‘lsa qo‘ldan kelgancha ulashdim. O‘zim esa ikki ko‘prik orasida edim. Alhamdulillah, Alloh nusrat berdi va men bu hastalikni yengdim», — deya tvitterda post qoldirgandi Abidal.

Fredirik Kanute

Malilik futbolchi haqida uzoq gapirsak bo‘ladi. U 2007-yilda islomni qabul qiladi. U nafaqat bu dinda mahkam turadi, balki musulmonlarni qo‘llab-quvvatlaydi ham. Ayniqsa, uning Falastin uchun qilgan moddiy va ma’naviy yordamlari haqida faxrlansak arziydi. Yana bir qiziq holat haqida to‘xtalsak. Andalusiyadagi masjidni shaxar soliq vazirligi yopishga majbur bo‘ladi. Sababi masjidning qarzlari juda ham ko‘payib ketgan edi. Kanute bundan habar topgach, o‘sha paytlari deyarli bir yarim yillik maoshi qiymatidagi qarzlarni Alloh yo‘lida uzib yuboradi. Bunday ishni hamma ham udalay olmasa kerak.

Ya. U.

Manba: m.stadion.uz
Kiritildi: 14:26, 20.12.2018.
O'qildi: 20774 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.