Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

MDH davlatlaridan chiqqan yulduzlar (2-qism)

MDH davlatlaridan chiqqan yulduzlar (2-qism)

Baho:
+ | -

Sobiq Ittifoq mamlakatlaridan yetishib chiqqan futbol yulduzlari haqidagi maqolamizni davom ettiramiz. Maqolaning birinchi qismini ham o‘qishni tavsiya qilamiz.

Genrix Mxitariyan.

Uni Armanistonda yaxshi ko‘rishadi. Tan olish kerak, hozirgi zamon futbolida MDH davlatlaridan yetishib chiqqan futbolchilari orasida eng yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan o‘yinchi — shu yigit. U "Manchester"da o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi, «Arsenal»da jamoa yetakchisi bo‘lishga ham ulgurdi. Mxitaryan Klopp davridagi “Borussiya”da nimalar qilganini eslashninig xojati yo‘q. "Dortmund"da uni Mikki deb atashar, mahalliy muxlislar uning o‘ynidan zavq olishardi. Ha, aytgancha, Genrix 10ta tilni biladigan sayyoramizdagi kam sonli insonlar sirasiga kiradi.

Anatoliy Timoshchuk

Ukrainalik tayanch yarim himoyachi top-futbolchilar orasiga kirishining sababi bor. Chunki u klublar miqiyosida qanday turnir bo‘lsa, deyarli hammasida g‘olib bo‘lgan. Ishonchli o‘yinlari va uzun sochi bilan hammamizni yodimizda qolgan desak xato bo‘lmaydi. U «Zenit» bilan ajoyib mavsumlarni o‘tkazgach, Yevropani zabt etish uchun «Bavariya»ga keladi va adashmadi. To‘g‘ri, u jamoaninig yuragi bo‘lishga ulgurmadi, lekin Myunxenlik muxlislarni xursand qilishga ulgurgan.

Andrey Kanchelskis

Bu futbolchi haqida qisqacha ta’rif berib o‘tamiz: Sobiq ittifoq jamoasi 1991 yilda Shotlandiya termasi bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. O‘sha uchrashuvni shaxsan ser Aleks Fergyuson ham kuzatadi. U Kanchelskisning o‘yinini ko‘rib, uni tezda «Manchester Yunayted»ga olib keladi. Rahbariyat o‘sha yili Fergi boboga transferlar uchun ajratilgan pullar unchalik ko‘p emasligini aytishsa ham Fergyuson shashtidan qaytmaydi va tez orada Andrey «qizil iblislar» safiga kelib qo‘shiladi. U jamoaninig tom ma’nodagi yuragi bo‘la olgan, desak adashmaymiz. Sababi u Kantona, Giggz, Shmeyxel singari yulduzlar bilan bir jamoada to‘p surib yo‘qolib qolmagan.

Yaqinda o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra: «Manchester Yunayted» tarixidagi eng yaxshi 100 o‘yinchi ichida qahramonimiz faxrli o‘rinda qayd etilgani so‘zimiz isboti.

 

Andrey Shevchenko

Albatta, bu futbolchisiz iloji yo‘q! Sheva nafaqat Yevropaning, balki butun dunyoni zabt etgan haqiqiy top-hujumchi va yulduz. U maydonda ortiqcha fint yoki dribling ishlatmasdi. Shunchaki hammasidan meyorida foydalanar va bu uning o‘yiniga chiroy berardi. Uning natijalari har qanday superyulduz uchun ham orzu. U «Milan»ning o‘zida 320 ta uchrashuv o‘tkazib, 176 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Chempionlar ligasi sohibi, Oltin to‘p va Yevropaninig eng yaxshi o‘yinchisi, Ukrainada bir necha bor yil sportchisi...

Bunday yutuqlarni uzoq keltrib o‘tishimiz mumkin. Qisqacha qilib aytganda, Sheva futbol dahosi edi. Uning o‘yinlarini butun jahon haligacha zavq bilan yodga oladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:49, 20.12.2018.
O'qildi: 3585 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.