Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

PFL «Lokomotiv»ni ogohlantirdi

PFL «Lokomotiv»ni ogohlantirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, 17 dekabr sanasidan e’tiboran Superliga klublari yangi futbolchilar bilan tuzilgan shartnomalarni PFL ro‘yxatidan o‘tkazishi mumkin ekani ma’lum qilingan.

“Lokomotiv” futbol klubi matbuot xizmati “temiryo‘lchilar”ning yangi mavsum oldidan Azizbek Haydarov, Filip Rayevas, Yovan Jokich kabi futbolchilar bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Oldinroq xabar berilganidek, PFL tomonidan 2019 yilgi mavsum uchun qo‘yilgan talablar ham borki, futbol klublari mana shu talablar ijrosini PFL bilan muhokama qilib olmaguniga qadar, birorta ham shartnoma ro‘yxatga olinmaydi. Bu jihat 14 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan klub direktorlari bilan yig‘ilishda yana bir bor eslatib o‘tilgan.

2019 yilgi mavsum uchun lisenziyalash talablarida futbol klublari markazlashgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari belgilab qo‘yilgan. Professional futbol ligasi tibbiy xulosalar asosida futbolchiga o‘z ligalarida o‘ynash huquqini taqdim etadi. 

Shu vaqtga qadar legioner futbolchilar bilan avval shartnoma tuzilgan va shundan keyingina ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Endi esa shuning aksi bo‘ladi. Ya’ni, Superliga va Pro-ligalarning biror klubi legioner futbolchilar bilan shartnoma imzolamoqchi bo‘lsa, avval ularni rasman tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi.  Keyin esa shuning xulosasi asosida shartnoma imzolaydi. Mahalliy futbolchilar bilan masala ham shu yo‘sinda hal etiladi. Ushbu talablar barcha klublarga taalluqlidir.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 16:35, 20.12.2018.
O'qildi: 3710 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.