Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

«Omad poyezdi»ning eng oxirgi vagoniga ulgurgan yo‘lovchi

«Omad poyezdi»ning eng oxirgi vagoniga ulgurgan yo‘lovchi

Baho:
+ | -

"Paxtakor" Igor Sergeev bilan shartnoma tuzmaganidan ko‘pchilikninig xabari bo‘lsa kerak. Hozirda futbolchi va «Navbahor» o‘rtasida muzokaralar ketmoqda. Ayni vaqtda Sergeev o‘z-o‘zini yenga olishi uchun unga muxlislar ishonchi va ko‘magi zarur. O‘z vatida yurtimizda birinchi raqamli hujumchi bo‘lgan Sergeev daldaga muhtoj...

Daniyel Guiza ismini ko‘pchilik eshitmagan bo‘lsa ham kerak...

Daniyel o‘ziga to‘q oilada tug‘ilib o‘sgan, hayotda kami yo‘q bir yigit edi. Futbol uning hayotini ma’nosi edi desak, adashmagan bo‘lamiz. U havaskor jamoalarda o‘ynab yurar, futbol bilan jiddiy shug‘ullanmasdi. Daniyel o‘z futbolchilik karyerasini 1999 yilda ispaniyaning quyi divizionlarida boshlaydi. To 2007 yilga qadar deyarli o‘nga yaqin («Xerese», «Rekreativa», «Mursiya», «Barselona B»...) jamoani almashtiradi. U futbolga hech ham jiddiy qaramas, shunchaki bir xobbidek shug‘ullanar edi. Uning o‘sha davrlari haqida eslagan onasi: «Dani shunchaki ishyoqmas bolakay edi. Hech narsaga mas’uliyat bilan yondashmas, e’tiborsiz inson edi», — degan edi. Haqiqatan ham o‘sha paytlar Daniyel tunggi klub va barlarninig doimiy mijozi edi. Toki hayot charxpalagi uni «Malyorka» jamoasiga olib kelmagunicha.

U mavsum oldidan futbolchilarni tanishtiruv marosimiga kelgan muxlislarni ko‘rib biroz hayratlanadi. Quyi divizionda muxlislarsiz o‘ynashga o‘rganib qolgan futbolchi uchun bu yoqimli his edi...

Guiza «Malyorka» jamoasidagi debyut o‘yinida gol urishga muvaffaq bo‘ladi. U o‘sha davrlari eslab: «Xuddi terma jamoa safida turgandek quvongandim», — degan edi. Guiza ich-ichidan sezadi bu muxlislar uchun o‘ynash kerak... U hamma yomon odatlarni yig‘ishtirib, o‘z ustida ishlashni boshlaydi. Murabbiylardan qo‘shimcha mashg‘ulotlar so‘rab, ishga kirishib ketadi. Bunga sayin muxlislar olqishlari, uning uyiga yuborilgan gullar, eh-he futbolchi «Malyorka»ning yulduziga aylanadi. Tan olish kerak, o‘sha mavsum Daniyel La Liga to‘purari bo‘ladi — 26 ta gol va 6 ta assist. Fantastik ko‘rsatkich. «Malyorka» esa chempionatda 7-o‘rinni qayd etadi. Guizaning mehnatlari samarasi o‘laroq, uni Ispaniya termasi safida Yevro-2008ga olib ketishadi...

Qahramonimiz o‘sha musobaqada nafaqat ishtirok etadi, balki gollar urishga erishadi. Va ispan xalqi uzoq kutgan chempionlik bilan yurtiga qaytadi. Oradan ko‘p o‘tmay, «Fenerbaxche» uni o‘z safiga naq 14 mln. yevro evaziga qo‘shib oladi...

Daniyel «omad poyezdi»ning eng oxirgi vagoniga chiqib olishga ulgurdi. U nabiralariga maqtanib aytib bera oladigan ishlarni kechroq bo‘lsa ham qilishga ulgurdi. Muxlislar olqishi va ishonchi qanchalar kuchli kuch ekanining yana bir hayotiy isboti.

Men jurnalist sifatida Igor Sergeevni «Navbahor»ga o‘tishini chin yurakdan xohlayman. Hozir Igorning ham omad poyezdi tobora uzoqlashib ketmoqda. Uning oxirgi vagonlari yaqinlashib kelmoqda. Sergeevni «Navbahor»ning muxlislari quchoq otib kutib olishsa, unga ishonishsa, olqishlashsa, u albatta, so‘nggi vagonga chiqib olishi mumkin.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:29, 21.12.2018.
O'qildi: 11087 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.