Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

YECHLning kashfiyot futbolchilardan iborat ramziy terma jamoasi e’lon qilindi

YECHLning kashfiyot futbolchilardan iborat ramziy terma jamoasi e’lon qilindi

Baho:
+ | -

UYEFA rasmiy sayti Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichining kashfiyot futbolchilardan iborat ramziy terma jamoasini e’lon qildi. O‘yinchilarni tanlab olishda ikkita tamoyilga amal qilindi. Birinchisi — futbolchi 24 yoshdan katta bo‘lmasligi kerak. Ikkinchisi — 2018 yilda Chempionlar ligasida debyut qilgan bo‘lishi kerak.

Darvozabon: Odisseas Vlaxodimos, 24 yosh ("Benfika")
Qiyin guruhda ushbu posbon ajoyib seyvlar bilan yodda qoldi.

Himoyachi: Milan Shkriniar, 23 yosh ("Inter")
O‘yinni ajoyib o‘qiy olish qobiliyatiga ega.

Himoyachi: Matteys de Lixt, 19 yosh ("Ayaks")
De Lixta jahon darajasidagi markaziy himoyachi. "Ayaks" akademiyasi tarbiyalanuvchisi 19 yosh bo‘lishiga qaramay, sardorlik bog‘ichi unga topshirilgan.

Himoyachi: Endi Robertson, 24 yosh ("Liverpul")
Fevral oyida Chempionlar ligasida debt qilgan futbolchi, may oyida finalda o‘ynadi.

Yarim himoyachi: Frenki de Yong, 21 yosh ("Ayaks")
Ushbu futbolchi zamonaviy futbol talabiga mos keladi. U sovuqqon, ijodkor, texnikasi joyida va universal futbolchi.

Yarim himoyachi: Ussem Auar, 20 yosh ("Lion")
Guruh bosqichida ko‘rsatgan o‘yinlari orqali uni "yangi Inyesta" deb atay boshlashdi.

Yarim himoyachi: Artur, 22 yosh ("Barselona")
"Ushbu o‘yinchiga qarab turib, "Barselona"ning yangi davra boshlanayotganiga ishonch hosil qilish mumkin". Xavining so‘zlari ko‘p narsadan darak berib turibdi.

Yarim himoyachi: Nikola Vlashich, 21 yosh (SSKA)
"Everton"dan ijara asosida Moskvaga kelgan Vlashich tezda SSKa yetakchisiga aylandi. U guruh bosqichida 3ta gol urdi va ikkita golga uzatma berdi.

Hujumchi: Chengiz Under, 21 yosh ("Roma")
Futbolchi YECHLning o‘tgan mavsumida "Roma" bilan yarim finalgacha yetib borgandi. Ushbu mavsumda u 3ta gol urdi. Under — chaqqon, ijodkor va chap oyoqda kuchli zarba bera oladi.

Hujumchi: Irving Losano, 23 yosh (PSV)
Jahon chempionatida o‘zini ko‘rsatgan meksikalik hujumchi, YECHL guruh bosqichida "Tottenxem" va "Inter" darvozasini ishg‘ol qildi.

Hujumchi: Jeydon Sancho, 18 ("Borussiya")
Futbolchi ushbu mavsumda "Borussiya" kashfiyotiga aylandi. Ayniqsa, "Monako"ga qarshi Dortmundda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida u haqiqiy ma’noda porladi.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 09:29, 22.12.2018.
O'qildi: 12225 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик