Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Pustite menya na tanspol»: MOQ va taekvondo WTF assosiasiyasi Yangi yil tadbiriga «HammAli» guruhini taklif etdi

«Pustite menya na tanspol»: MOQ va taekvondo WTF assosiasiyasi Yangi yil tadbiriga «HammAli» guruhini taklif etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasi tomonidan yangi yil bayramiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Chunki Yangi 2019 yil eshik qoqmoqda. Aynan shu maqsadda bugun, 22 dekabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasi hamkorligida bolajonlar uchun yangi yil bayrami tashkil etib berildi. Tantanali bayram davomida tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

Shuningdek, o‘zbek estradasi yulduzlari Oybek va Nigora, Rossiyadan tashrif buyurgan mashhur «HammAli» guruhi ijrosidagi chiqishlar nafaqat bolajonlarga, balki ular bilan bayramga tashrif buyurgan ota-onalarga ham manzur keldi.

Bayram tadbiriga 100-sonli ixtisoslashtirilgan maxsus maktab internati tarbiyalanuvchilari ham tashrif buyurishdi. Bayram davomida namoyish etilgan ertak esa yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 14:30, 22.12.2018.
O'qildi: 2132 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.