Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Og‘ir atletika. Akbar Jo‘rayev reyting musobaqasida uchta medalga ega chiqdi

Og‘ir atletika. Akbar Jo‘rayev reyting musobaqasida uchta medalga ega chiqdi

Baho:
+ | -

Xabar qilganimizdek, Qatar poytaxti Doha shahrida og‘ir atletika bo‘yicha «5th International Qatar Cup» reyting turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu musobaqada jahonning turli mamlakatlaridan 120 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda. Bahslarda o‘zbekistonlik polvonlar ham sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bormoqdalar. Avvalroq, Adhamjon Ergashev va Doston Yoqubov -67 kg vazn toifasidagi bahslarda 6 ta medalga ega chiqqanliklari haqida ma’lum qilgandik.

Bugun -109 kg vazn toifasidagi bahslarda Akbar Jo‘rayev supachaga ko‘tarildi. Hamyurtimiz dast ko‘tarish bahslarida 179 kg., siltab ko‘tarishda esa 213 kg. toshni o‘ziga bo‘ysundirdi. Umumiy hisobda 392 kg. natija ko‘rsatgan Akbar uchinchi natijani qayd etdi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bundan tashqari u dast ko‘tarishda kumush, siltab ko‘tarishda esa bronza medallariga ham ega chiqdi.

Musobaqa davom etmoqda. Ertaga o‘tkaziladigan bellashuvlarda og‘ir vaznli sportchimiz Rustam Djangabayev bahslarga kirishadi

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:50, 22.12.2018.
O'qildi: 1757 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик