Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Yevropa milliy chempionatlarining eng effektli hujumchilari

Yevropa milliy chempionatlarining eng effektli hujumchilari

Baho:
+ | -

Magomed-SHapi Suleymanov - yetakchi ligalarda to‘p surayotgan eng samarador goleadorlar reytingiga tushgan eng yosh futbolchi. Ha, «Krasnodar» vakilining o‘rtacha samaradorligidan ko‘z yumishning iloji yo‘q. Diqqat qiling, Magomed-SHapi Suleymanov(suratda) 11 dekabrgacha Yevropaning kuchli ligalari (top-5 ] Rossiya PL)da bo‘lgan o‘yinlar yuzasidan chiqarilgan reytingda 2-o‘rinni egalladi. Undan birgina Pako Alkaser («Borussiya» D.) oldinda. Qolaversa, ikki hujumchini qandaydir arzimas 0,1 daqiqa, yanada aniqrog‘i, atigi 6 soniya ajratib turibdi. Umuman olganda, 11 dekabr holati bo‘yicha aytsak, yetakchi ligalarda to‘p surayotgan atigi 8 nafar futbolchida o‘rtacha ko‘rsatkich «1ta o‘yinga 1ta gol»dan yaxshiroq. Soddaroq ifoda etganda, shuncha o‘yinchi har 90 daqiqada 1ta yoki ko‘proq gol hosil qildi (bunda joriy mavsum kamida 5ta gol urgan futbolchilar statistikasiga e’tibor qaratilgan). Aytish o‘rinli, rossiyalik yosh hujumchining eng samarador futbolchilar reytingi yetakchilari qatorida borayotgani yagona qiziqarli holat emas. Har holda «SSF» nashri ro‘yxat yuzasidan bir necha diqqatga sazovor faktlarni keltirdi.

 

- 6-9 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan o‘yinlar, ya’ni reytingda hisobga olingan oxirgi tur bahslari eng sermahsul goleadorlarga omad keltirgani yo‘q. Binobarin, ularning har biri o‘z klubi o‘yinida ishtirok etdi, ammo o‘rtacha ko‘rsatkichni yaxshilash hech kimga nasib etgani yo‘q. Qolaversa, yetakchilardan birgina Edinson Kavani («PSJ») gol urishni uddaladi, xolos. Maydonda to‘liq 90 daqiqa to‘p surgan urugvaylik hujumchiga penalti qo‘l kelganini ham ta’kidlash joiz. Lekin uning samaradorlik bobidagi shaxsiy ko‘rsatkichi yaxshilangani yo‘q, baribir.

- Ijobiy ko‘rsatkich bilan reytingga tushgan futbolchilardan 4 nafari (demakki, 50 foizi) Germaniya Bundesligasi vakilidir. Biroq ulardan birgina Pako Alkaser etakchilar qatorida borayotgan top-klub safida o‘ynamoqda. Misol uchun, Alfred Finnbogason ligada qolish uchun kurash olib borayotgan «Augsburg» sharafini himoya qilmoqda.

- Angliya va Italiya chempionatlaridan vakil yo‘q. Aslida APLda o‘rtacha ko‘rsatkich bo‘yicha «1ta o‘yinga 1ta gol» talabiga javob beruvchi futbolchilar yo‘q emas. Biroq shunday natijaga ega 3 nafar o‘yinchidan hech biri hali 5ta gol marrasiga yetmagandi. Deylik, Ruben Loftus-CHik («Chelsi») chempionatning dastlabki 16ta turida 3ta gol urdi. Divok Origi («Liverpul») va Yon Gorensa-Stankovich («Xaddersfild») esa atigi 1tadan. Ulardan biri 72, ikkinchisi 90 daqiqa o‘ynagan.

- «A» seriyasida samaradorlik koeffisiyenti (tezligi) bobida eng yaxshi ko‘rsatkich Alessandro Matri-(«Sassuolo»)ga tegishli. U naq 7ta o‘yinda jami 91 daqiqa harakatlangan va 1tagina gol urgan. Kamida 5ta gol hosil qilganlar orasida esa Arkadiush Milik(«Napoli») eng yuqori tezlikka ega - 729 daqiqada 7ta gol (o‘rtacha hisobda har 104,1 daqiqada 1ta aniq zarba).

- «PSJ»ning birdaniga 2 nafar a’zosi - Kilian Mbappe va Edinson Kavani reytingdan joy olishdi. Boshqa yetakchilardan farqli o‘laroq, ular deyarli har bir o‘yinda boshlang‘ich tarkibga kirishmoqda. Oddiy aytganda, Edinson Kavani gollar soni bo‘yicha Pako Alkaser bilan teng ko‘rsatkichga ega, farqi shuki, u buning uchun deyarli ikki baravar ko‘p vaqt sarfladi. Kilian Mbappening statistikasi esa chindan ham, hayratlanarli - dastlabki 11ta o‘yinda 12ta gol. Xullas, Fransiya futbolining yangi javohiri raqiblar darvozasini barqaror ravishda ishg‘ol qilyapti (o‘rtacha hisobda har 69,7 daqiqada 1ta gol).

- Tahlil uchun olingan davrda eng ko‘p gol urgan futbolchi - Kilian Mbappe (12ta). Kristian Stuani hisobida 11ta, Pako AlkaserLuka Yovich va Edinson Kavani esa reytingga 10tadan gol bilan kirishdi. Magomed-SHapi Suleymanov bu masalada eng past natijaga ega - «Krasnodar» hujumchisi atigi 5ta golga ega.

Kristian Stuani - maydonda o‘tkazgan vaqt davomiyligi bo‘yicha rekordchi - 1025 daqiqa, 11ta gol. Taqqoslash uchun aytsak, Pako Alkaser, Magomed-SHapi Suleymanov va Ris Nelsonga 11 dekabrga qadar berilgan o‘yin vaqtini qo‘shsak, 923 raqami kelib chiqadi. Qisqasi, shu 3 nafar futbolchi birgina Kristian Stuanidan kamroq o‘ynagan holda, 21ta gol urgan!

-  «Xoffenxaym»da porlayotgan Ris Nelson rossiyalik Magomed-SHapi Suleymanovdan atigi 6 kunga katta. Angliyalik futbolchi 1999 yilning 10 dekabr kuni tug‘ilgan bo‘lsa, «Krasnodar» hujumchisi yana 6 kundan keyin tavallud topgan.

- Yana bir qiziqarli fakt shuki, eng effektli to‘purarlar reytingiga kirgan 4 nafar futbolchi dekabr oyida tug‘ilgan. Ya’ni Magomed-SHapi Suleymanov va Ris Nelsondan tashqari, Kilian Mbappe (1998 yil 20 dekabr) va Luka Yovich (1997 yil 23 dekabr).

- Reytingga kirgan 8 nafar futbolchining o‘rtacha yoshi  24,75ga teng. Eng kattasi - Kristian Stuani (32 yosh 2 oy 5 kun), eng kichigi - Magomed-SHapi Suleymanov (19 yosh 1 kun).

Pako Alkaser (Ispaniya) - 25 yosh. «Borussiya» D. klubi avgust oyi oxirida ispan hujumchisi masalasida «Barselona» bilan ijara shartnomasini rasmiylashtirganida, mashhur transefmarkt.de sayti uning transferini 15 mln. yevroga baholagandi. Vaholanki, nemislar keyinchalik hujumchi shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli (23 mln. yevro)ni to‘liq to‘lash barobarida bonus tariqasida yana 5 «limon» berishga rozi bo‘lishgandi. Qarangki, oradan hech qancha vaqt o‘tmay, xuddi o‘sha transefmarkt.de sayti Alkaser bahosini 30 mln. yevroga oshirdi. Agar Pako hozirgi sur’atini pasaytirmasa, transfer narxi yanada ko‘tarilishi turgan gap.

Magomed-SHapi Suleymanov (Rossiya) - 19 yosh. Iqtidorli futbolchining ushbu reytingdagi o‘rni «Krasnodar» xo‘jayini Sergey Galiskiyga xush yoqishi tayin. O‘zi Suleymanovga qadar ham «buqalar» tarkibidan klub akademiyasining bir qator tarbiyalanuvchilari ko‘rinish berishgan. Biroq Krasnodar shahri faxri sanalgan akademiyada tahsil olganlar orasida faqat Magomed-SHapi hamda Ivan Ignatyevgina yaqqolroq ko‘zga tashlanishdi. Misol uchun, 1 yilcha oldin ham har ikkisini ko‘pchilik tanimasdi, bugun esa ayrimlar Stanislav Cherchesovga murojaat qila boshlashdi: «Shunday iste’dodlarni nega terma jamoaga jalb qilmaysiz?» Endi ular muxlislar ishonchini oqlashsa, bas. Hozircha ishlari chakki emas, deylik, «Krasnodar» bahorda chempionlik uchun kurashishga real imkoniyat hosil qildiki, bunda Suleymanov va Ignatyevning hissalari ham bor.

Ris Nelson (Angliya) - 19 yosh. Kelajakka katta umid uyg‘otayotgan yana bir iqtidor. «Arsenal» tarbiyalanuvchisi Arsen Venger davridayoq asosiy jamoa mashg‘ulotlariga jalb etilgandi. Qolaversa, u «kanonirlar» libosini 16ta rasmiy o‘yin (APL doirasida 3ta)da kiydi. Biroq yana biroz sabr qilishga sabri chidamadimi, har holda, ijara shartnomasi asosida Germaniya Bundesligasiga yo‘l oldi. Qarang, Ris endi «Xoffenxaym» raqiblari himoyasini «parcha-parcha» qilgancha oy kashfiyoti maqomini olmoqda.

Kilian Mbappe (Fransiya) - 19 yosh. Superyulduz bo‘lishga ulgurgan goleador, jahon chempioni, yaqin 5-6 yilda «Oltin to‘p» sovriniga bosh da’vogar sifatida gavdalanishi kutilayotgan vunderkind. Ha, Kilian hali rivojlanishdan to‘xtamasligi kerak, buning uchun esa Parij superklubini Olimp sari yetaklashi yoki grandlardan biriga yuzlanishi lozim.

Alfred Finnbogason (Islandiya) - 29 yosh. «Augsburg» hujumchisi faoliyatining eng yorqin damlarini 2012-2014 yillar oralig‘ida Shvesiya va Gollandiyada o‘tkazdi. Xususan, «Xelsinborg» safidagi 22ta o‘yinda 13ta gol urgan bo‘lsa, «Xerenven»da yanada salmoqliroq statistikaga erishdi - 70ta o‘yinda 59ta gol. Bunday mahsuldorlikdan hayratlangan «Real Sosyedad» rahbariyati Alfred uchun 8 mln. yevro to‘ladiyu, «kuyib» qoldi. Chunonchi, islandiyalik hujumchining 1ta goli naq 2 mln. yevroga tushdi. Finnbogason 2016 yildan «Augsburg» ixtiyorida va mahsuldorlik bobida nisbatan munosib me’yorni ushlab turibdi: 65ta o‘yinda 29ta gol.

Luka Yovich (Bosniya va Gersegovina) - 20 yosh. Yosh hujumchi faoliyatini «Srvena Zvezda»da boshladi. U jamoadagi debyutini 4 yil oldin (2014 yilning may oyida) nishonladi - o‘shanda hali 17 yoshga ham to‘lmagandi. Luka avvaliga ko‘p gol urgani yo‘q, lekin «Benfika» e’tiboriga tushdi va Kiprning «Limassol» klubi orqali «Lissabon burgutlari» safiga qo‘shildi. Hujjatlar bo‘yicha aytsak, kiprliklar 31 yanvar kuni futbolchi uchun 2 mln. yevro to‘lashgan va ertasi (1 fevral)ga «Benfika»dan uning uchun 6 «limon» olishgan. Biroq iqtidorli yigitcha Portugaliyada birdaniga o‘ynab ketolmadi va 2 yillik ijara kelishuvi asosida «Ayntraxt» tarkibidan qo‘nim topdi. Xullas, Luka 2019 yilning may oyida «Benfika»ga qaytishi kerak.

Edinson Kavani (Urugvay) - 31 yosh. «Matador»ni ortiqcha tanishtirishga hojat yo‘q. Urugvaylik goleador Fransiyada imkoni bor barcha sovrinlarni yutdi, boz ustiga, kamida 4 martadan. Biroq Kavani xalqaro miqyosda g‘alabasiz qolmoqda, birgina Amerika kubogi-2011dagi zafarni aytmaganda. Muhimi, u «PSJ» tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. Joriy yil esa sportdagi katta muvaffaqiyatlar uchun topshiriladigan nufuzli mukofot -  Golden Foot («Oltin iz») laureati bo‘ldi.

Kristian Stuani (Urugvay) - 32 yosh. Urugvaylik yana bir faxriy hujumchi. Lekin uning faoliyati mutlaqo boshqacha kechdi. Deylik, Stuani 14 yil oralig‘ida 9ta klub (!) libosini kiydi, ammo hech birida yuqori mahsuldorlikka erishmadi (to‘g‘ri, Segundada «Albasete» uchun yetarlicha gol urdi). Xullas, u «Jirona»da faoliyatiga sokinlik bilan nuqta qo‘yadigandek ko‘ringandi. Yo‘q, bunday emas ekan, Kristian jamoadagi ilk mavsumdayoq 21ta gol urib, barchani hayratga soldi. Mana, tajribali hujumchi endi sur’atni yanada oshirmoqda.

 

Futbolchi

Klubi

Gol

Daqiqa

Daqiqa|gol

O‘yin

1

Pako Alkaser

«Borussiya» D.

10ta

359

35,9

9ta

2

Magomed-SHapi

Suleymanov

«Krasnodar»

5ta

180

36

9ta

3

Ris Nelson

«Xoffenxaym»

6ta

384

64

10ta

4

Kilian Mbappe

«PSJ»

12ta

836

69,7

11ta

5

Alfred

Finnbogason

«Augsburg»

7ta

548

78,3

7ta

6

Luka Yovich

«Ayntraxt»

10ta

818

81,8

12ta

7

Edinson Kavani

«PSJ»

10ta

833

83,3

10ta

8

Kristian Stuani

«Jirona»

11ta

936

85,1

12ta

 

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 03:44, 23.12.2018.
O'qildi: 4983 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.