Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Ruslan Nuriddinov doping sababli og‘ir atletikadan chetlashtirildi

Ruslan Nuriddinov doping sababli og‘ir atletikadan chetlashtirildi

Baho:
+ | -

2012 yilgi London Olimpiadasida ishtirok etgan besh nafar og‘ir atletikachidan olingan tahlillar Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi tomonidan qayta o‘tkazilgan doping tekshiruvida ijobiy natija bergan. Bu haqda Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi (IWF) matbuot xizmatiga tayanib, Kun nashri xabar qildi.

Qayd etilishicha, doping testiga ijobiy reaksiya bergan namunalardan biri o‘sha musobaqada 105 kg vazn toifasida to‘rtinchi o‘rinni olgan o‘zbekistonlik Ruslan Nuriddinovga tegishli. Undan tashqari, 2012 yilgi olimpiya o‘yinlarining -105 kg vazn toifasidagi chempioni ukrainalik Aleksey Toroxtiy, -56 kg.da bronza medali sohibi ozarbayjonlik Valentin Xristov, shuningdek mos ravishda 8- va 14-o‘rinni egallagan beloruslik Nikolay Novichkov va armanistonlik Melin Daluzyan ham ro‘yxatda bor.

Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi ushbu besh sportchini vaqtinchalik faoliyatdan chetlashtirgan.

Ma’lumot uchun, Nuriddinov oradan to‘rt yil o‘tib, 2016 yili Rioda olimpiya o‘yinlari rekordini o‘rnatgan holda oltin medalga sazovor bo‘lgan edi. U 2018 yil Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida ham turnir rekordini yangilab, tengsiz bo‘ldi.

Ruslan 2013 yilda jahon chempionligiga erishgan, Osiyo chempionatlarida ham ikki marotaba g‘olib chiqqan. U 2014 yilda tizzasidan jiddiy jarohat olgani tufayli operasiya stoliga yotgan edi, ammo jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatsiz o‘tgach, bir yil reabilitasiya bosqichini o‘tishga majbur bo‘ldi. 2015 yilda Nuriddinov yana bir marta operasiya qilingach, qayta tiklanib sportga qaytishi uchun 10 oy vaqt talab qilingandi.

Manba: aniq.uz
Kiritildi: 12:02, 23.12.2018.
O'qildi: 17925 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик