Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Osiyo kubogi-2019. Guruhdagi raqiblarimizning eng xavfli o‘yinchilari

Osiyo kubogi-2019. Guruhdagi raqiblarimizning eng xavfli o‘yinchilari

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy jamoasi Osiyo kubogining "E" guruhida ishtirok etadi. Guruhda bizga Yaponiya, Ummon va Turkmaniston termalari raqiblik qilishadi. Xo‘sh, bu jamoalar safidagi qaysi futbolchilardan xavf kutish mumkin?

Turkmaniston — Arslonmurod Omonov

Qo‘shnilarimiz safidagi hujumlarning aksariyatini bizga begona bo‘lmagan futbolchi uyushtiradi. Turkmaniston termasi asosan qarshi hujumga tayanib harakatlanadi. Omonov o‘rtoqlik uchrashuvlarida hujumkor yarim himoyachi ampulasida harakat qilmoqda. Uning tezligi va vaziyatni o‘qiy olishi ko‘p hollarda golga olib kelishini bu mavsumda «Buxoro» jamoasining o‘yinlarida ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Raqiblarimiz jamoasidagi eng xavfli o‘yinchi, shubhasiz, Omonov.

Yaponiya — Minamino

Kunchiqar yurt vakillari termasining aslida har bir futbolchisi juda ham xavfli. Lekin Minamino boshqacha o‘yinchi. Minamino Yevropa ligasida bir necha marta haftaning ramziy jamoasiga kiritilganining o‘zi ham undan extiyot bo‘lish kerak ekanligini bildiradi. Minamino chinakam gol mashinasi. U ortiqcha fint yoki dribbling ishlatmaydi, shunchaki gol uradi, xolos. Yaponiyalik vunderkind o‘z vatanining U16, U19, va olimpiya terma jamoalarida sardorlik vazifasini bajargan. Kunchiqar yurt vakillari hujumininig eng o‘tkir nuqtasi, "nayzaninig uchi" aynan shu futbolchi hisoblanadi. Yosh bo‘lishiga qaramasdan, Minamino o‘yinni bemalol o‘ziga olib, match tizginini o‘zgartirib yubora oladi. Xulosa qilib aytganda, Yaponiya termasining eng xavfli o‘yinchisi — shu yigit.

Ummon — Ali al-Habsiy

 

Ummon termasining darvozaboni anchayin nomdor futbolchilardan. U APL va shunga o‘xshash yuqori saviyadagi chemponatlarda o‘zini ko‘rsata olgan darvozabon, termasi uchun ham tarixiy fidoyilikni amalga oshira olgan. 2009 yilda o‘tkazilgan «Ko‘rfaz kubogi»da Ummon finalgacha yetaklab boradi. Finalda esa o‘sha paytlari Osiyoning eng yaxshi o‘yinchisi Yosir al-Qahtoniy boshchiligidagi Saudiya Arabistoni termasi bilan bilan to‘qnash keladi. Butun o‘yin davomida darvoza daxlsizligini saqlab qolgan al-Habsiy penaltilar seriyasida aqlbovar qilmas o‘yin ko‘rsatib, Ummon qirolligi tarixidagi eng katta g‘alabaga erishishiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shadi. Qisqacha qilib aytganda, yaxshi darvozabon — yarim jamoa.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:12, 24.12.2018.
O'qildi: 10644 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.