Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Sardor Rashidov: «Lokomotiv»da menga to‘la imkon berishmadi»

Sardor Rashidov: «Lokomotiv»da menga to‘la imkon berishmadi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Sardor Rashidov Osiyo Kubogi oldidan O‘FA matbuot xizmatiga bergan intervyusida so‘nggi yillarda o‘yinida pasayish kuzatilayotganiga izoh berib o‘tdi.

– To‘rt yil oldingi Osiyo Kubogida ham qatnashgansiz. Saudiya Arabistoni bilan o‘yinda darvozabonning oyoqlari orasidan gol urgandingiz. Muxlislarni o‘sha Sardor Rashidovni kutishyapti. Lekin oxirgi 1-2 yil «Lokomotiv»da ko‘proq zaxirada qolib ketyapsiz. Bu jarohat bilan bog‘liqmi yoki rostan ham o‘yiningizda pasayish bo‘ldimi?

– To‘g‘risini aytaman, «Lokomotiv»da menga yuz foizlik imkon berilgani yo‘q. Bu narsani murabbiyga ham, jamoa rahbariyatiga ham aytganman – menga to‘la imkoniyat berilmadi. Ikkinchidan esa, boshqa davlatdan kelganimdan so‘ng o‘rganish biroz qiyin bo‘ldi. Chunki O‘zbekistonda oxirgi marta uch yil oldin o‘ynagandim. Xudo xohlasa, bu safargi Osiyo chempionatida to‘rt yil oldingidan ham yaxshiroq Sardor Rashidovni ko‘rishadi.

– Eshitishimizcha, Suriya bilan o‘rtoqlik uchrashuvidagi o‘yiningiz terma jamoa murabbiylariga yoqqan, ammo videoyozuvni kuzatishganidan so‘ng ularda Rashidov himoyaga qaytib o‘ynamas ekan, degan e’tiroz uyg‘ongan. Bu qanchalik rost?

– Himoyaga yordami tegmaydi, deyishgani haqida o‘zim ham eshitdim. To‘g‘risi, o‘zim ham tan olaman, yuz foiz orqaga qaytib, himoyaviy o‘yin ko‘rsatishga unchalik ham yo‘qman.

Qatar va Avstraliya bilan o‘yinlarda jarohatim ham bor edi. Chaqirilgan taqdirimda ham, terma jamoaga yordam bera olmasdim. Orqaga qaytib, [himoyaga] yordam bermasligim, men uchun dars bo‘ldi. Murabbiyning aytgan so‘zini eshitdim. Kelgusi o‘yinlarda orqaga qaytib, jamoaga yordam berib, murabbiy xohlaganidek yo‘l tutishga harakat qilaman.

– Qatarning «Al-Jaish» klubida o‘ynagan paytingizda Lamushining ham uslubi shunaqaroq bo‘lgan. O‘yinni himoyadan tashkil etish uslubi Kuperda ham azaldan bor. Shundan kelib chiqsak, balki sizga osonroq bo‘lar? Yoki Lamushi va Kuper taktikasi o‘rtasida farq bormi?

– Lamushi hujum uyushtiradigan uch nafar futbolchiga ortga qaytishni tavsiya qilmasdi. Ular old chiziqda qolib, faqat gol urish va jamoaga g‘alaba olib kelishini ko‘proq xohlardi. Endi, u – arab futboli.

Kuper – Yevropa futbolini ko‘rgan murabbiy. Har bir murabbiyning o‘z qarashi bor. Imkoniyat berilsa, bor kuchim bilan harakat qilib, gol urish kerak bo‘lganda gol urib, jamoaga yordam berishga intilamiz.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 09:29, 25.12.2018.
O'qildi: 10312 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.