Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Breaking News: «Metallurg» Server Jeparov bilan kelishuvga erishdi

Breaking News: «Metallurg» Server Jeparov bilan kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

O‘zbek futbolining yorqin yulduzlaridan biri, 9 karra O‘zbekiston chempioni, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni mamlakatlari chempioni, Osiyo qit’asining 2008 va 2011 yillardagi eng yaxshi futbolchisi, O‘zbekistonning 2008 hamda 2010 yillardagi eng yaxshi futbolchisi Server Jeparov Bekobodning “Metallurg” jamoasida yangi mavsum tayyorgarligini boshladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasida uzoq yillar sardorlik qilgan, hozirgacha milliy terma tarkibida eng ko‘p o‘yinda maydonga tushgan (126 uchrashuv), 2008 yilgi milliy chempionatimiz to‘purari bo‘lgan Server Jeparov bilan “Metallurg” futbol klubi rasmiy kelishuvga erishdi.

Futbolchi hamda klub o‘rtasidagi shartnoma Jeparovning tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan keyin rasmiylashtiriladi va O‘zbekiston professional futbol ligasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Server Jeparov milliy chempiontimizning 267 uchrashuvida maydonga tushgan (2000-2001 – “Navbahor”, 2002-2007 – “Paxtakor”, 2008-2011 – “Bunyodkor”, 2016 – “Lokomotiv”). Mazkur uchrashuvlarda Jeparov raqiblari darvozasiga 116 ta to‘p kiritgan. O‘zbekiston klublaridan tashqari Janubiy Koreyaning “Seul” (2010-2011), “Sonnam” (2013-2014), “Ulsan Xyonde” (2015), Saudiya Arabistonining “Al Shabab” (2011-2013), Eronning “Sepaxon” (2017), “Istiqlol” (2017-2018), Qozog‘istonning “Jetisu” (2018) jamoalari sharafini ham himoya etgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:41, 25.12.2018.
O'qildi: 5614 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.