Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Barselona»ga rad javobini bergan yulduzlar

«Barselona»ga rad javobini bergan yulduzlar

Baho:
+ | -

Kataloniya superklubi o‘zining topqirligi va omadli transferlari bilan ko‘pchilikni hayron qoldirishda davom etmoqda, lekin yaqin o‘tmishda bir nechta futbolchilarni qo‘lga kiritish ularning ham qo‘lidan kelmagan ekan. Hozir shular haqida...

Frank Riberi

Fransiyalik hujumkor yarim himoyachi «Bavariya»dagi ikkita ajoyib mavsumdan so‘ng, Yevropa grandlari e’tiborini tortadi. «Barsalona» mutasaddilari birinchilardan bo‘lib aloqaga chiqishadi. Ular Riberiga katta maosh belgilangan 3 yillik shartnoma taklif etishadi. Qahramonimiz ularga: “«Barsa»da o‘ynash katta sharaf, lekin «Bavariya» men uchun hamma narsa berdi va men bu yerda baxtliman",  — deb javob qaytargan ekan. Hozirda Riberi «Bavariya»da deyarli 12-mavsumini o‘tkazmoqda.

David Luiz

David Luiz endigina «Chelsi» jamoasida ko‘rinish berayotgan bir paytda, kataloniyaliklar Karles Puyolning o‘rinbosarini qidirib yurishgan edi. Ular Davidga qiziqib qolishadi. «Chelsi» va «Barsa» rahbariyati kelishib olishadi, lekin David «Barsa»ga o‘tishdan bosh tortadi. Keyinchalik «Barsa» yana bir bor taklif bilan chiqadi. Bu safar Luiz pul uchun «PSJ»ga o‘tib ketadi.

Alesandro Del Pyero

Del Pyeroning o‘yin uslubi, yuqori texnikasi xuddi "Barsa" uchun yaratilgandek tuyulsa, ajab emas, ammo qahramonimiz «Yuventus»ning eng qiyin kunlarida jamoasini yolg‘iz qoldirmaydi. U «B» seriyaga tushib ketganda ham jamoasiga sodiq qoldi. Aynan o‘sha davrlarda «Barselona» «Yuve»dan Zambrottani xarid qilgan edi. «Barsa» muzokaralarga Zambrottani ham aralashtirgan ekan. Del Pyeroni hech kim ko‘ndira olmaydi. U qiyin kunlar o‘tib ketguniga qadar jamoasida qoldi. Keling, tan olaylik, Del Pyeroning texnikasi «Barselona»ning o‘yin uslubini bezab bergan bo‘lar edi.

Dennis Bergkamp

90-yillarning o‘rtalarida Gollandiya ichki chempionatida Dennis Berkamp chinakam yulduz edi. U uchun bir nechta klublar ayovsiz kurash boshlashadi. Ular orasida Kroyfning «Barselona»si ham bor edi. Bergkamp Kroyfning chaqiruviga ham ko‘nmay, «Barsa»ning taklifidan bosh tortadi va «Inter»ga o‘tib ketadi. Oradan 2 yil o‘tgach, «Barselona» yana taklif bilan chiqadi, «uchmas golland» esa bu safar ham noma’lum sabablarga ko‘ra taklifdan bosh tortadi va tez orada «Arsenal» jamoasiga o‘tib ketadi. Keyinchalik buni sababini ularning o‘yin uslubini uncha xushlamasligi bilan izohlagan edi.

Manba: m.stadion.uz
Kiritildi: 12:23, 27.12.2018.
O'qildi: 16114 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.