Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Inter» jazoga tortildi

«Inter» jazoga tortildi

Baho:
+ | -

Italiya futbol assosiasiyasi A seriyaning 18-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Inter» – «Napoli» (1:0) o‘yinida yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan qaror chiqardi.

"Neradzurri" muxlislari mehmonlar himoyachisi Kalidu Kulibaliga nisbatan irqchilik xatti-harakatlarini amalga oshirishdi. Senegallik futbolchi esa o‘yin davomida hakamga 3 marta murojaat qilib, o‘yinni to‘xtatishni so‘radi. Italiya futbol assosiasiyasi "Inter" navbatdagi ikkita uy o‘yinini muxlislarsiz o‘tkazish borasida qaror chiqardi. Bundan tashqari, yana bitta o‘yinda «Inter»ning fanatlar sektori yopiq bo‘ladi.

«Inter» – «Napoli» bahsi arafasida ikki jamoa muxlislari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Natijada neapolliklarning 4 nafar ishqibozi pichoqdan jarohatlandi. Milanliklarning bir muxlisini mashina urib ketishi natijasida shifoxonada vafot etdi.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 22:21, 27.12.2018.
O'qildi: 6190 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик