Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Haqiqiy sportchilarni eslab… Dunyo boshqa bunaqa sportchilarni ko‘rmadi va ko‘rmasa ham kerak

Haqiqiy sportchilarni eslab… Dunyo boshqa bunaqa sportchilarni ko‘rmadi va ko‘rmasa ham kerak

Baho:
+2 | -

1992-yil. Sietl paralimpiadasi... 100 metrga yugurish bahslari. Jismonan va aqlan zaiflar o‘rtasidagi sprint bahslari. 9 nafar ishtirokchi. 9 nafar ko‘ngli yarim, lekin g‘ururi baland sportchilar. 9 xil millat va 9 xil bayroq ostidagi sportchilar.

Hakamlar tayyorlanishga buyruq berishdi. Ular start chizig‘idan joy olishadi va o‘q ovozi yangradi. Sportchilar jon-jahdlari bilan oldinga intilishdi. To‘g‘ri, ular o‘qdek otilib ketishmadi, darhaqiqat, ular katta tezlikda muxlislarning ko‘zlarini quvnatib yugurib ketishmadi, lekin ularning hammasi marra sari bor vujudlari bilan intilishdi. Eng oldingi qatorga o‘tib ketgan sharqiy osiyolik atlet birdaniga qoqilib yiqilib ketdi. U jon holatda o‘rnidan turishga intildi, lekin uddasidan chiqa olmadi. Uning oyoqlari yaxshi bukilmas, agar bukilsa keyin yozilmay qolardi. Ortidan kelayotgan sporchilar uni quvib o‘tib ketishmadi. Birinchi bo‘lib AQSH vakilasi (Daun sindromi bilan og‘rigan qiz) keldida, uni mahkam bag‘riga bosdi so‘ng: «Endi yaxshimi?», — dedi.

Qolgan sportchilar asta ortiga qaytdilar va yiqilgan atletni o‘rnidan turgazishdi. So‘ng butun dunyoni hayratda qoldirgancha qo‘l ushlashib, marraga birdek kirib kelishdi. Stadion o‘rnidan turib, nogiron, ko‘ngli yarim, lekin insoniy hislarga boy, tom ma’nodagi Odamlarga ko‘zlarida yosh bilan uzoq qarsak chaldi...

Bu voqea haqida bejiz to‘xtalmadim. Bizning futbolchilar hali JCH nimaligini bilmay kelishmoqda, lekin ularni hamma taniydi. Ozgina yutuqqa erishishsa ham, avtomashinalar qatorlashib ularni kutadi, lekin bizning amputant futbol termamiz bir necha bor JCHda g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan, afsuski, ularning hatto ismini ham bilmaymiz. Kelajak avlod uchun bizninig amputant termamiz chinakam o‘rnak deb aytsak, xato qilmagan bo‘lamiz. Saytimiz tamonidan yangi yildan so‘ng bir necha yangi loyihalarni ishga tushirish niyatidamiz. Nasib qilsa, ilk intervyumiz ham amputant futbolchi yulduzlarimiz haqida bo‘ladi. Chunki ular bunga loyiq.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev.

Haqiqiy sportchilarni eslab…Dunyo boshqa bunaqa sportchilarni ko‘rmadi va ko‘rmasa ham kerak 1992 – yil. «Siyetl paraolimpiyada»si… 100 metrga yugurish bahslari. Jismonan va aqlan zaiflar o‘rtasidagi sprint bahslari… 9 nafar ishtrokchi. 9 nafar ko‘ngli yarim, lekin g‘ururi baland sportchilar. 9 xil millat va 9 xil bayroq ostidagi sportchilar.

Hakamlar tayyorlanishga buyruq berishdi. Ular start chizig‘idan joy olishadi va o‘q ovozi yangradi. Sportchilar jon jahdlari bilan oldinga intilishdi. To‘g‘ri, ular o‘qdek otilib ketishmadi, darhaqiqat, ular katta tezlikda muxlislarning ko‘zlarini quvnatib yugurib ketishmadi, lekin, ularning hammasi marra sari bor vujudlari bilan intilishdi. Eng oldingi qatorga o‘tib ketgan sharqiy osiyolik atlet birdaniga qoqilib yiqilib ketdi. U jon holatda o‘rnidan turishga intildi ,lekin uddasidan chiqa olmadi. Uning oyoqlari yaxshi bukilmas, agar bukilsa keyin yozilmay qolardi.Ortidan kelayotgan sporchilar uni quvib o‘tib ketishmadi. Birinchi bo‘lib AQSH vakilasi (Daun sindrommi bilan og‘rigan qiz) keldida, uni mahkam bag‘riga bosdi so‘ng : «Endi yaxshimi?»- dedi.

Qolgan sportchilar asta ortiga qaytdilar va yiqilgan atletni o‘rnidan turgazishdi. So‘ng butun dunyoni hayratda qoldirgancha qo‘l ushlashib, marraga birdek kirib kelishdi. Stadion o‘rnidan turib, nogiron, ko‘ngli yarim, lekin insoniy hislarga boy, tom ma’nodagi Odamlarga ko‘zlarida yosh bilan uzoq qarsak chaldi…

Bu voqea haqida be’jiz to‘xtalmadim. Bizning futbolchilar hali JCH nimaligini bilmay kelishmoqda, lekin ularni hamma taniydi. Ozgina yutuqqa erishishsa ham, avtomashinalar qatorlashib ularni kutadi, lekin bizning amputant futbol termamiz bir necha bor JCHda g‘olibliklni qo‘lga kiritishgan ,afsuski, ularning xatto ismini ham bilmaymiz. Kelajak avlod uchun bizninig amputant termamiz chinakam o‘rnak deb aytsak, xato qilmagan bo‘lamiz. Saytimiz tamonidan yangi yildan so‘ng bir necha yangi loyihalarni ishga tushirish niyatidamiz. Nasib qilsa, ilk Intervyumiz ham amputant futbolchi yulduzlarimiz haqida bo‘ladi.CHunki ular bunga loyiq.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:08, 29.12.2018.
O'qildi: 7089 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.