"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh APLning 20-turi doirasida "Arsenal"ga qarshi o‘yinda (5:1) gol urdi va yana bir golga to‘p oshirdi.
Misrlik futbolchi 32-daqiqada Sadio Manening goliga to‘p oshirdi, qo‘shib berilgan vaqtlarda esa penaltini aniq bajardi.
APL rasmiy sayti ma’lumotiga ko‘ra, Saloh "gol-pas" tizimida 20 ochko to‘pladi (13 ta gol, 7 ta uzatma)
U APLning ushbu mavsumida bu natijaga erishgan birinchi futbolchi bo‘ldi. U shuningdek liga to‘purarlari ro‘yxatida Pyer-Emerik Obameyang ("Arsenal") va Garri Keyn ("Tottenhem") peshqadamlik qilmoqda.