Kirish Ro'yxatdan o'tish

Keyn Jerrardni ortda qoldirdi

Keyn Jerrardni ortda qoldirdi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» klubi APLning 20-turi doirasida o‘z maydonida «Vulverxempton»ni qabul qilib, mag‘lubiyatga uchradi (1:3). "Shporlar"ning yagona goli Xarri Keyn hisobiga yozildi.

25 yoshli futbolchi uchun mazkur gol Angliya chempionati doirasidagi 121-gol bo‘ldi. Ushbu natija bo‘yicha u «Liverpul» klubi sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrardni ortda qoldirdi. Keyn Angliya premyer-ligasi tarixida to‘purarlar ro‘yxatida 17-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

APL tarixidagi eng yaxshi to‘purar Alan Shirer hisoblanadi. U faoliyati davomida 260ta gol urgan.

Faktlar:
— Keyn APLning ushbu mavsumida 13ta gol urgan holda Muhammad Saloh va Pyer-Emerik Obameyang bilan birgalikda to‘prurarlar poygasida peshqadam bo‘lib turibdi.
— Angliyalik futbolchining «Tottenxem» bilan shartnomasi 2024 yilga qadar tuzilgan.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 12:27, 30.12.2018.
O'qildi: 4623 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик