Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

“Metallurg” Yangi yil bayrami ta’tiliga chiqdi

“Metallurg” Yangi yil bayrami ta’tiliga chiqdi

Baho:
+ | -

24 dekabr sanasidan 2019 yilgi mavsum tadorigini boshlagan Bekobodning “Metallurg” jamoasi futbolchilariga bugundan qisqa muddatli ta’til berildi. Murabbiylar hamda futbolchilar o‘z oilalari, ota-onalari bag‘rida Yangi yil bayramini kutib olishganidan so‘ng, 3 yanvar sanasidan yana Qibraydagi o‘quv-mashg‘ulot maskanida jamlanishadi.

“Metallurg” jamoasi a’zolari birinchi yig‘inni juda faol hamda uyushqoqlik bilan o‘tkazishdi. Har kuni murabbiylar shtabi o‘yinchilar bilan jismoniy tayyorgarlikni tiklash borasida intensiv faoliyat olib borishdi. Chigilyozdi mashqlari yugurish, to‘p bilan ishlash, jismoniy tayyorgarlikni oshirish mashg‘ulotlariga ulanib ketdi.

Yig‘inning oxirgi kuni jamoa a’zolari ikkiga bo‘lingan holda nazorat uchrashuvida kuch sinashib ko‘rishdi. Tajribalilar va yoshlar jamoalari bellashuvida mahoratli o‘yinchilarning qo‘li baland keldi. Asosini yoshlar ligasi jamoasi a’zolari tashkil etgan jamoa a’zolari o‘yin oxirida o‘z darvozasidan ikkita to‘p o‘tkazib yuborishdi.

Mashg‘ulotlar poyoniga yetgach bosh murabbiy Andrey Shipilov jamoaning barcha a’zolarini kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Ularga bayramni oila davrasida maroqli, mazmunli o‘tkazib, barcha yaqinlarni bayram bilan tabriklab, ko‘tarinki kayfiyatda keyingi yig‘inga tashrif buyurishlarini tiladi. “Metallurg” matbuot xizmati

Manba: “Металлург” матбуот хизмати
Kiritildi: 09:11, 31.12.2018.
O'qildi: 2258 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик