Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Abbos Otaxonov «Metallurg» bilan shartnoma imzoladi

Abbos Otaxonov «Metallurg» bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Yangi yilning ilk kuni “Metallurg” futbol klubi ishqibozlariga xushxabarni yetkazmoqchimiz. Akbar Ismatullayevdan keyin “Metallurg” yana bir iqtidorli o‘yinchi bilan rasman kelishuvga erishdi. O‘zbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida Osiyo chempioni bo‘lgan iqtidorli himoyachi Abbos Otaxonov “Metallurg” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. O‘tgan mavsum bekobodliklar safida ijara asosida to‘p surgan Otaxonov endilikda “Metallurg”ning to‘laqonli o‘yinchisiga aylandi.

Abbos Otaxonov 1995 yilning 25 avgustida tug‘ilgan. 23 yoshda. Ampluasi himoyachi. U 2015-2016-yilgi mavsumda “Paxtakor” jamoasida o‘ynagan. Huquqiy jihatdan paxtakorchilarga tegishli bo‘lgan Abbos 2017 yilni “Navbahor”, 2018 yilgi mavsumni esa “Metallurg” jamoalarida ijara asosida o‘tkazdi. To‘rtta mavsum davomida Otaxonov 40 ta uchrashuvda maydonga chiqib, 1 ta gol kiritgan. 10 marta ogohlantirilgan.

Abbos Otaxonovga “Metallurg” tarkibida omad yor bo‘lishini tilaymiz.

Manba: www.metallurg.uz
Kiritildi: 13:55, 01.01.2019.
O'qildi: 2968 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик