Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Azizbek Turg‘unboyev: «Navbahor»da qolishga qaror qildim»

Azizbek Turg‘unboyev: «Navbahor»da qolishga qaror qildim»

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Azizbek Turg‘unboyevni “Paxtakor” jamoasi bilan rasman kelishuvga erishgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Vaholanki Turg‘unboyevning "Navbahor" bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha mo‘ljallangan. Masalaga oydinlik kiritish maqsadida Azizbek bilan suhbat uyushtirdik.

- Bugun ko‘plab saytlarda sizni «Paxtakor» bilan kelishuvga erishganingiz haqida xabarlar tarqalib ketdi. Bu qanchalik haqiqat?

- «Paxtakor» jamoasi bilan muzokaralar bo‘lmagan deya olmayman. Ular bilan shartnomalar masalasida gaplashganmiz. Ammo, yakuniy qarorim «Navbahor»da qolib, chempionlik marrasini zabt etish. Mana shunday sharoitlarni yaratib berayotgan rahbarlar va muxlislar uchun jamoada qolishga qaror qildim.

- «Navbahor» jamoasi rahbariyati jamoada qolishingiz uchun sizga taklif qilgan shartnomaga imzo chekishga majbur bo‘lganingiz rostmi?

- Yo‘q, (kuladi) bunday narsa bo‘lmagan. Odamlar bunaqa gaplarni qayerdan topishadi hayronman. Har doim o‘z xohishim bilan shartnomaga imzo chekkanman. Bunga hech qanday shubha bo‘lishi mumkin emas.

- Yuqorida «Paxtakor» bilan kelishuv to‘g‘risida aytdingiz. Yakuniy qaroringiz esa «Navbahor»da qolish ekan kelajakda «Paxtakor» bilan hech qanday muammo bo‘lmaydimi?

- Bu masalada muammolar bo‘lmaydi deb o‘ylayman. «Navbahor» PFK rahbariyati masalani hal qilishini aytdi. «Paxtakor» klubi rahbariyati meni to‘g‘ri tushunishadi deb umid qilaman. E’tibor qilib jamoaga taklif qilganlarida xursandman va rahmat aytaman.

Ammo, yuragim «Navbahor»da. Namanganda futbolning ashaddiy, fidoiy muxlislari juda ko‘p. Jamoamizning shunday fidoiy muxlislari uchun, ularning hurmati uchun, yana «Navbahor»da qolaman. Ularning menga bo‘lgan ishonchlari uchun, qo‘llab-quvvatlab turganliklari uchun barchalariga rahmat deyman.

Farhod Umaraliyev suhbatlashdi

Kiritildi: 22:06, 01.01.2019.
O'qildi: 6177 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.