Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

2018 yil sport olamida esda qolgan eng muhim 10 biznes-voqea

2018 yil sport olamida esda qolgan eng muhim 10 biznes-voqea

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

2018 yil davomida sport olamida qator muhim voqealar yuz berdi. Ikki superyulduz - futbolchi Krishtianu Ronaldu va basketbolchi Lebron Jeyms o‘z klublarini o‘zgartirishdi. MMAning bosh qahramonlari - Konor Makgregor va Habib Nurmagomedov o‘rtasida katta jang bo‘lib o‘tdi. Forbes 2018 yildagi bu va boshqa voqealar ro‘yxatini tuzdi.  

Futbol bo‘yicha jahon chempionati

Musobaqa tashkilotchilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyada futbol bo‘yicha jahon chempionatining o‘tkazilishi mamlakat YAIM uchun keyingi besh yillikka 952 mlrd rubl miqdorida iqtisodiy samara beradi. Bundan tashqari, keyingi besh yil davomida ham yiliga 150-200 mlrd rubl miqdorida iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumot berilishicha, chempionatga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun 688 mlrd rubl sarflangan. Mamlakat 12ta zamonaviy stadion, 12ta modernizasiya qilingan va bitta yangi aeroport, bir nechta metro stansiyalariga ega bo‘ldi. 

Ronalduning transferi

Transfermarkt.com saytining ma’lumotiga ko‘ra, Turinning «Yuventus» jamoasi Krishtianu Ronaldu uchun «Real»ga 117 mln yevro to‘ladi va klub tarixidagi transfer rekordi qayd etildi. 33 yoshli futbolchi 2021/22 yilgacha shartnoma tuzdi va yiliga 56 mln yevro maosh oladi. Ammo Italiyadagi yuqori soliq stavkalari e’tiborga olinsa, Ronalduning sof daromadi 30 mln yevroni tashkil etadi.  

Lebron Jeymsning «Los-Anjeles Leykers»ga o‘tishi

Lebron Jeymsning «Los-Anjeles Leykers» tarkibida to‘rt yil davomida oladigan maoshi 154 mln dollarni tashkil etadi. 2018 yil yozida MBA yulduzining «Klivlend Kavalyers» bilan tuzgan shartnomasi nihoyasiga yetdi. Erkin agentga aylangan Lebron o‘zi istagan klubni tanlashi, «Klivlend» esa unga 205 million dollarni tashkil etuvchi 5 yillik shartnoma taklif qilishi mumkin edi. Ammo Jeyms Los-Anjelesga o‘tishga qaror qildi.

Lyuis Xemiltonning Mercedes bilan yangi shartnomasi

Britaniyalik Lyuis Xemilton «Mersedes»da o‘tkazadigan ikki mavsumi davomida 100 mln dollarga ishlaydi. Tomonlar 2013 yilda boshlangan shartnomani uzaytirish to‘g‘risidagi kelishuvni Germaniyadagi Gran-pri arafasida imzolashdi. Yangi shartnomaga ko‘ra, britaniyalik poygachining minimal yillik maoshi 30 mln dollarni tashkil etadi, bonuslar bilan birga u yiliga 50 mln dollargacha daromad topadi.

MBA va MGM Resort International o‘rtasidagi shartnoma

$25 mln, ESPN ma’lumotiga ko‘ra, MBA MGM Resort International (butun dunyodagi ko‘plab kurort va kazinolar operatori) bilan tuzgan uch yillik kelishuvi doirasida 25 mln dollar daromad topishni ko‘zda tutmoqda. Oktyabr oyida MGM MXL bilan ham hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzoladi.

Aleksandr Golovinning transferi

SSKA va Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisining transferi «Monako»ga 30 mln yevroga tushdi. Shu paytgacha hech bir rossiyalik futbolchi uchun bu darajada pul to‘lanmagan. Avvalgi rekord 2009 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda SSKA futbolchisi Yuriy Jirkov 21 mln yevro evaziga «Chelsi»ga o‘tgan. Golovin 22 yoshda bo‘lib, tezkor va mahoratli o‘yinchi, u 2017/18 yilgi yevrokuboklar va jahon chempionatida o‘zini ko‘rsata olgan.

Alisher Usmonovning «Arsenal» aksiyalarini sotishi

Amerikalik milliarder Sten Kronke Alisher Usmonovning «Arsenal»dagi 30 foizlik aksiyalar paketini sotib olish uchun 550 mln funt sterling to‘ladi. «Arsenal»dagi aksiyalarini sotib yuborgan Usmonov futboldan ketmasligini va boshqa klublarga investisiya kiritish masalasini ko‘rib chiqayotganligini bildirdi. 

Nurmagomedov va Makgregor o‘rtasidagi jang

UFC Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor o‘rtasidagi jang translyasiyasi sotuvidan 144 mln dollar ishladi — bu MMA uchun rekord raqam hisoblanadi. Chipta sotuvidan 17,2 mln dollar tushdi — bu 2016 yilda «Medison Skver Garden»da Makgregor va Eddi Alvares o‘rtasidagi jangdan keyingi ikkinchi natija hisoblanadi. Habib chempionlik unvonini himoya qildi va Rossiyadagi eng ko‘p pul to‘lanuvchi jangchiga aylandi.

Saul Alvares va DAZN o‘rtasidagi shartnoma

Meksikalik bokschi Saul Alvares sport mavzusida striming xizmatini ko‘rsatuvchi DAZN kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra 365 mln dollar oladi. Shartnoma 5 yil va 11 jangga mo‘ljallangan. 2018 yil sentyabrida Gennadiy Golovkin ustidan qozongan g‘alabasi uchun 50 mln dollar olgan Alvares yangi shartnoma tufayli yiliga 120 mln dollarga yaqin pul topishi va 2019 yilda eng serdaromad sportchilar ro‘yxatini boshqarishi mumkin.

UYEFA va Alipay o‘rtasidagi shartnoma

Ekspertlarning baholashlaricha, UYEFA va Alipay to‘lov platformasi o‘rtasidagi 8 yillik shartnoma 200 mln dollarga teng. Jek Ma kompaniyasi Yevropa terma jamoalari ishtirokidagi musobaqalar, Yevro-2020 va Yevro-2024ning global hamkori maqomini oldi. Bundan tashqari, terma jamoalarning UYEFA shafeligidagi musobaqalari bo‘lib o‘tadigan barcha maydonlarda to‘lov uchun Alipay qabul qilinadi. Alipay elektron hamyoniga ega xitoyliklar uchun (tizimda 700 mln foydalanuvchi bor) Yevropa bo‘ylab sayohat qilish osonlashadi.

Manba: KUN
Kiritildi: 13:55, 02.01.2019.
O'qildi: 5506 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.