Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinya Argentinaga qarshi JCH-2026 1/16 final uchrashuvidan keyin Lionel Messi bilan bo‘lgan suhbati haqida gapirib berdi.
Eslatib o‘tamiz, dramatik kechgan bahsda Argentina qo‘shimcha vaqtdan so‘ng 3:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.
«Men uning oldiga bordim. Hali biror narsa deyishga ham ulgurmagan edim, u meni quchoqlab: "Barakalla. Sen ajoyib darvozabonsan. Yaqinlaring sen bilan faxrlanayotgan bo‘lsa kerak", dedi. Bu kabi so‘zlarni Leo kabi insondan eshitish men uchun juda katta ahamiyatga ega.
Men unga rahmat aytib: "Rahmat, Leo. Sen eng yaxshisan", dedim. Keyin undan shu o‘yinda kiygan futbolkasini so‘radim. U kulib: "Albatta. Uni senga tunnelda beraman", dedi. Men bu lahzalarni umrimning oxirigacha eslab qolaman», — dedi Vozinya. Uning so‘zlarini paragvaylik jurnalist Bruno Pont X ijtimoiy tarmog‘ida keltirdi.













