O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov Osiyo Kubogi musobaqasiga davom etayotgan tayyorgarlik haqida O‘FA Matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bugungi kun juda samarali o‘tdi. OFK tomonidan tashkil etilgan yig‘ilishda qatnashdik, yig‘ilish davomida ko‘plab muhim ma’lumotlar haqida xabardor bo‘ldik. Ayniqsa, musobaqa davomida amal qiladigan qoidalar bilan yaqindan tanishganimiz foydali bo‘ldi. Futbol qoidalarida muntazam ravishda o‘zgarishlar bo‘layotgani, yanada mukammallikka intilishayotgani yaxshi albatta. Osiyo Kubogi davomida ushbu qoidalarga amal qilishga intilamiz.
Musobaqa boshlanishini barchamiz intiqlik bilan kutyapmiz. Birinchi o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ketyapti. Ko‘proq kombinasion o‘yin namoyish qilishga, tezkor paslar bilan hujumlar tashkil qilishga e’tibor qaratilmoqda. Murabbiy bizdan maydonda borimizni berib o‘ynashni talab qilyapti. Biz uning bu talabini to‘liq bajarishga harakat qilamiz", - deydi Anzur Ismoilov.
"Barselona" Olisening "Bavariya"dan keyin qayerda o‘ynashni xohlashini bilib oldi [3813]
Osiyo o‘yinlari: O‘zbekistonning yarim finaldagi raqibi ma’lum [3794]
Ferran Torres «Barselona» o‘yinchisini «PSJ»ga o‘tishga undamoqda [2899]
Yamal JCH-2026 finalidan keyin Messiga nima deganini aytdi [2784]
"Siti"ga keskin jazo talab qilindi: to‘rtinchi liga va 5 yil transferlarga taqiq [2479]
«Manchester Siti»ning bir nechta yetakchi futbolchisi ketish haqida o‘ylamoqda [2463]
Mbappening tiklanish muddati ma’lum bo‘ldi [2288]
26 sentyabrning eng muhim futbol o‘yinlari [2068]
Flikka juda yoqadigan 18 yoshli futbolchining orzusi — «Real»ga o‘tish [2027]
Zidan ilk o‘yindayoq Mbappeni norozi qildi — sababi ma’lum [1819]













