Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Toshkentda jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi uchun o‘tkazilayotgan sport musobaqalari davom etmoqda

Toshkentda jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi uchun o‘tkazilayotgan sport musobaqalari davom etmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, aholining dam olish kunlari va yoshlarning ta’til paytidagi vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida 2018 yil 25 dekabrdan boshlab, Toshkent shahrining barcha tumanlaridagi ta’lim muassasalaridagi mavjud sport inshootlarida basketbol, badminton, voleybol, stol tennisi va mini-futbol sport turlari bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi” sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Shu kunlarda ushbu sport musobaqalarining tuman saralash bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning dastlabki bosqichlarida 18 ming nafardan ziyod poytaxtliklar ishtirok etib, ular orasidan eng yaxshi natija ko‘rsatgan jamoalarning a’zolari jami 1000 nafardan ortiq sport ixlosmandlari yakuniy shahar bosqichida o‘zaro bellashadilar.

Musobaqalarning asosiy shahar bosqichlari quyidagi sport inshootlarida tashkil etilmoqda:

basketbol bo‘yicha sport musobaqalari 6-9 yanvar kunlari Uchtepa tumanidagi Yengil atletika va sport o‘yinlariga ixtisoslashgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi bazasi hamda 193-sonli umumta’lim maktabi sport zalida;

voleybol bo‘yicha sport musobaqalari 6-9 yanvar kunlari Olmazor tumani 1-sonli bolalar-o‘smirlar sport maktabi hamda 224-sonli umumta’lim maktabi sport zalida;

badminton bo‘yicha sport musobaqalari 7-8 yanvar kunlari Shayxontohur tumani “Chorsu” sport majmuasida;

stol tennisi bo‘yicha sport musobaqalari 8-9 yanvar kunlari Shayxontohur tumanidagi 19-sonli umumta’lim maktabi sport zalida;

mini-futbol bo‘yicha sport musobaqalari 6-10 yanvar kuni Olmazor tumani 2-sonli bolalar-o‘smirlar sport maktabi sport zalida o‘tkaziladi.

G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi joriy yilning 10 yanvar kuni Olmazor tumanidagi 2-sonli bolalar-o‘smirlar sport maktabida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 16:22, 04.01.2019.
O'qildi: 1591 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.