Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Benfika» murabbiyini iste’foga chiqardi

«Benfika» murabbiyini iste’foga chiqardi

Baho:
+ | -

“Benfika” o‘zining rasmiy saytida bosh murabbiy Ruy Vitoriyni iste’foga chiqargani haqida e’lon qildi.

Lissabon klubi rahbariyati so‘nggi vaqtlarda yomon natija ko‘rsatayotgani uchun 48 yoshli mutaxassisni lavozimidan bo‘shatishga qaror qildi.

15 turning natijasiga ko‘ra, “Benfika” turnir jadvalida 4-o‘rinda ketmoqda va “Portu”dan 7 ochko ortda bormoqda. Qolaversa, “burgutlar” YECHL doirasida pley-offga chiqolmadi.

Ma’lumot uchun, Vitoriya “Benfika”ni 2015 yildan beri boshqarib keladi. Uning qo‘l ostida “Benfika” ikki karra Portugaliya chempioni bo‘ldi.

Manba: Squawka
Kiritildi: 17:35, 04.01.2019.
O'qildi: 1665 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик