O‘zbek futboli tarixi Qo‘qon shahri va u yerda tashkil etilgan jamoa bilan chambarchas bog‘liq. Zero mintaqamizdagi ilk futbol jamoasi 1912 yilda aynan Qo‘qonda tuzilgan.
Shu sababdan ham ushbu shahar sharafini himoya etuvchi klub ayni paytda “Qo‘qon-1912” nomi bilan yuritiladi.
Klubning nomi shu kungacha bir necha marta o‘zgangan bo‘lib, O‘zbekiston chempionati o‘tkazilish boshlangan payti “Temiryo‘lchi” deb atalgan. 1992 yili “Temiryo‘lchi” mustaqil O‘zbekistonning birinchi chempionatida ishtirok etgan. Oliy ligada oltinchi o‘rinni egallagan “Temiryo‘lchi”, mamlakat Kubogi finaliga chiqadi va unda Namanganning “Navbahor” jamoasiga imkoniyatni boy berib qo‘yadi. Bu Qo‘qon klubining shu kungacha bo‘lgan eng yuqori natijasi hisoblanadi.
1995 yilda “Temiryo‘lchi” Oliy ligada 15 o‘rinni egallab, quyi ligaga tushib ketgan. Ikki yil Birinchi ligada to‘p surib, klub 1997 yilda Oliy ligaga qaytdi va 2000 yilgacha o‘ynadi. 2001 yilgi chempionatni “Temiryo‘lchi” yana quyi ligada o‘tkazdi. 2002 yili klub nomi “Qo‘qon”ga o‘zgartirildi. 2002 va 2003 yillarda Oliy ligada o‘ynagan “Qo‘qon” jamoasi keyingi bir necha yilni goh Oliy ligada, gohida birinchi ligada o‘tkazgan.
O‘zbek futbolining yuz yillik yubileyi arafasida esa klub yangicha falsafa bilan faoliyat boshlaydi. “Qo‘qon-1912” 2014 yilgacha Birinchi ligada ishtirok etgan. O‘sha yili ikkinchi o‘rinni egallagan Qo‘qon jamoasi Oliy ligada o‘ynashni boshlagan va hozirgacha elitada qatnashib kelmoqda.
Erishgan natijalari
O‘zbekiston Kubogi finalchisi (1992)
Jamoada to‘p surgan mashhur futbolchilar
No‘mon Xasanov
Bahrom Hakimov
Andrey Fyodorov
Sergey Skorovich
Damir Raxmatullin
Yevgeniy Matveev
Yuriy Gazyukin
Stepan Atoyan
Ibrohim Rahimov
Pyotr Ageev
Rustam Abdullayev
Shuhrat Mamajonov
Aleksandr Kirov
Jamoani boshqargan mashhur murabbiylar
Muhammadali Qo‘ldoshev
Avxat Abdulin
Yuriy Gazyukin
Tohir Kapadze
Rustam Abdullayev
Vadim Shodimatov
Murod Ismoilov
Sergey Kovshov
No‘’mon Hasanov