Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

O‘zbekiston terma jamoasining eng yorqin g‘alabalari!

O‘zbekiston terma jamoasining eng yorqin g‘alabalari!

Baho:
+1 | -

2009-yil. JCH saralashi

O‘zbekiston 3 : 0 Saudiya Arabistoni

MHSK stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv ko‘pchilikning yodidan chiqmagan bo‘lsa kerak.YUrtdoshlarimiz o‘sha uchrashuvda juda chiroyli o‘yin ko‘rsatib, xaqli ravishda g‘olib bo‘lishgandi. Server Jeparov uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgandi. Yodingizda bo‘lsa Jeparov bitta gol urgan va yana bir golga assistlik qilgan edi. Termamiz o‘sha paytlari Osiyoda asta-sekinlik bilan kuchli to‘rtlikka yaqinlashayotgandi.

2012-yil. JCH saralashi

Yaponiya 0 : 1 O‘zbekiston

Vadim Abramov jamoasini ko‘pchilik eslasa kerak. O‘shanda Abramov Yaponlar bilan Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda g‘alabani qo‘ldan chiqarib yubordi. Durang o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida kulib «Biz ularni ikkinchi o‘yinda albatta yengamiz»,- degandi…

Yaponiyaga qarshi mehmondagi o‘yinga Abramov deyarli ikkinchi tarkibni olib ketgan va shu jamoa bilan ham ortiqcha qiyinchiliklarsiz, himoyaga yotib olmasdan g‘alaba qozonib qaytishgandi. O‘sha yagona golni Aleksandr Shadrin urgani ham tahsinga sazovor. Qisqa umri mobaynida futbol muxlislarini qalbini zabt etgan futbolchimizning xotirasi xalqimiz yuragida abadiy qoldi

2011-yil. Osiyo Kubogi

Qatar 0 : 2 O‘zbekiston

Osiyo kubogining ochilish marosimi. Qatar o‘sha chempionatni juda yuqori darajada o‘tkazgan edi. Dunyo va futbol yulduzlari ko‘z o‘ngida biz o‘sha uchrashuvda haqiqiy tajavuzkor «Oq bo‘rilar»ni ko‘rgan edik. Ahmedovning fantasik zarbasiyu, Jeparovning chaqqonligi haqida ortiqcha to‘xtalib o‘tirmaymiz. Shunchaki o‘sha paytdagi Osiyoning kuchli 3 ta jamoasidan biri bo‘lganimizni eslatib o‘tamiz xolos.

Keyinchalik AFC saytida Vadim Abramov haqida chiqgan katta maqolada unga shunday ta’bir berishgandi : “U uyqudagi «Oq bo‘rilarni» uyg‘ota oldi.”

Hozir e’tiboringizga maqolaning 2-qismini taqdim etdim. Bu maqolaning 3-qismini Osiyo kubogidan so‘ng yozishga qaror qildim. Umid qilamanki, jamoamiz meni bu ruknning bir nechta qismlarini yozishga majbur qilishadi!

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

 

Manba: m.stadion.uz
Kiritildi: 16:37, 06.01.2019.
O'qildi: 6762 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.