Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya 1-1 Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao 4-2 Levante
08/02 21:30 Liverpul 1-2 Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo 0-5 Inter
08/02 22:30 Atletiko 0-1 Betis
09/02 00:45 Yuventus 2-2 Lasio
09/02 01:00 Valensiya 0-2 Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese
10/02 00:45 Roma - Kalyari
10/02 01:00 Vilyarreal - Espanyol

Modrich: «VAR tizimi «Real»ga zarar keltirmoqda»

Modrich: «VAR tizimi «Real»ga zarar keltirmoqda»

Baho:
+ | -

"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich Ispaniya La ligasining 18-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Real Sosyedad"ga o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Jamoamizdagi ko‘p futbolchi o‘z darajasida o‘ynay olmayapti. Har bir o‘yin avvalida o‘z darvozamizdan to‘p olib chiqyapmiz. Bunga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Ochig‘ini tan olish kerak: bu omad bilan bog‘liq masala emas. Ko‘p vaziyatlar yaratayotganimizga qaramay, gol ura olmayapmiz. O‘z navbatida ko‘p to‘p o‘tkazib yuboryapmiz. Bularning sababi bor.

Hakam bu safar o‘yinni yaxshi boshqarmadi. Ammo bizning muammolarimiz faqat hakamlar yoki videotakrorlar bilan bog‘liq emas. Biroq ular bizga yordam bermayotganini ham inkor qilmayman. Bizning muammolarimiz boshqa tomonda.

Hakam menga VAR tizimidagilar penalti bo‘lmaganini aytishganini ta’kidladi. 11 metrli jarima zarbasi belgilanmagani meni hayron qoldirdi. Ammo o‘yin tugab bo‘ldi, hech narsani o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ispaniyada VAR barchani hayron qoldirmoqda. "Real" esa barchadan ko‘p jabr chekmoqda. Lekin bu mavzuni muhokama qilmoqchi emasman.

Biz o‘yinimizni yaxshilashimiz zarur. Hozir ideal holatda emasmiz. Biz maydonda yakdil jamoa bo‘lishimiz lozim. Chempionat boy berildi, demaymiz. "O‘yindan o‘yingacha" rejimida ishlashimiz kerak. Barchamiz o‘tirib, erkaklarcha gaplashib olishimiz kerak", – dedi Modrich "Marca" nashriga bergan intervyusida.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 22:20, 07.01.2019.
O'qildi: 5981 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.