Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Zohid Karimov: «SPORT TV o‘zbekistonlik muxlislarga syurpriz tayyorlagan»

Zohid Karimov: «SPORT TV o‘zbekistonlik muxlislarga syurpriz tayyorlagan»

Baho:
+3 | -

Ertaga O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogi musobaqasidagi yurishini boshlaydi. Xabaringiz bor terma jamoamiz F guruhida Ummon bilan bahs olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 18:30da boshlanadi.

Guruh bosqichidagi ilk o‘yin oldidan SPORT TV o‘zbekistonlik muxlislar uchun syurpriz tayyorlagan. Ya’ni Ummon va 3-turdan o‘rin olgan Yaponiya bilan o‘yin telekanal orqali jonli efirga uzatiladi.

Eng asosiysi birinchi o‘yinni Sharja shahridagi stadiondan turib sharhlovchi hamda jurnalist Xayrulla Hamidov sharhlab boradi.

Yuqori ehtimol bilan Yaponiyaga qarshi o‘yinni ham stadiondan jonli ravishda Xayrulla Hamidov sharhlashi kutilmoqda. Bu haqda, telekanal direktori Zohid Karimov Stadion.uz internet nashri muxbiri Akmal Eshonxonovga ma’lum qildi.

“O‘zbekistonlik muxlislarni musobaqaga qiziqtirish maqsadida terma jamoa ishtirokidagi o‘yinlarni stadionning o‘zidan sharhlashni maqsad qilgan edik. Bugun aynan mana shu masalada kelishuvga erishdik va MTJning ikki o‘yinini bevosita voqea joyidan turib, telekanalga jonli ravishda sharhlaymiz.

Albatta, sharhlovchi vazifasini siz kutgan va siz bilgan Xayrulla Hamidov bajarib beradi. Aytib o‘tish joiz, bungacha Osiyo kubogi musobaqasini SPORT TV tarixda ilk bora stadiondan turib O‘zbekistonga yetkazmoqda.

Harakatlarimizning barchasini muxlislar o‘zlariga bo‘lgan syurpriz sifatida qabul qilishadi deb umid qilaman”, deydi Zohid Karimov.

Akmal Eshonxonov

Sharja shahridan maxsus

Manba: STADION
Kiritildi: 21:09, 08.01.2019.
O'qildi: 13958 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик