Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Umid Ahmadjonov: «O‘FA futbolchilarga mukofot pullari ajratadi. Lekin bu asosiysi emas. Asosiysi - Vatan»

Umid Ahmadjonov: «O‘FA futbolchilarga mukofot pullari ajratadi. Lekin bu asosiysi emas. Asosiysi - Vatan»

Baho:
+ | -1
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi Ummonga qarshi o‘yin bilan Osiyo Kubogini boshlashi haqida avval xabar berib o‘tgandik. Ummonga qarshi o‘yin oldidan bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Sharja shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi.

Umid Ahmadjonov ertangi o‘yin oldidan vakillarimizga omad tilar ekan, O‘zbekistonda barcha terma jamoaning g‘alabalarini intiqlik bilan kutayotganini aytib o‘tdi.

"O‘zbekistonda barcha sizlarga ko‘z tikib turibdi. Har kungi mashg‘ulotlaringiz, tayyorgarlik jarayonlarini kuzatib bormoqdamiz. Ertaga chiroyli o‘yin namoyish qilib, millionlab futbol muxlislarini, butun o‘zbek xalqini xursand qilishingizni tilab qolamiz. O‘z o‘rnida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Sizlarga barcha shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyor.

Bosh murabbiyning barcha talablarini bajarib kelyapmiz. Bundan bu yog‘iga ham bajaramiz. Har bir g‘alaba uchun O‘FA tomonidan mukofot pullari ajratiladi. Lekin bu asosiysi emas. Asosiysi Vatan uchun, ota-onangiz, yaqinlaringiz, xalqingiz uchun to‘p suring!

Butun fikru xayolingiz faqat g‘alabaga qaratilsin. Chempiion bo‘lish vaqti keldi. Nasib qilsa, Osiyo Kubogini o‘zimiz bilan O‘zbekistonga olib borib, muxlislarimizni, xalqimizni, muhtaram Prezidentimizni xursand qilamiz. Mana shu maqsad yo‘lida barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilishimiz kerak", - deya o‘z fikrlarini yakunladi Umid Ahmadjonov.

Akmal Eshonxonov

Sharja shahridan maxsus

Manba: STADION
Kiritildi: 21:19, 08.01.2019.
O'qildi: 6820 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.