Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Pim Verbek: «O‘zbekiston to‘liq himoyaga yotib oldi»

Pim Verbek: «O‘zbekiston to‘liq himoyaga yotib oldi»

Baho:
+ | -

Akmal Eshonxonov

Sharja shahridan maxsus

Osiyo Kubogi musobaqasining 1-turida O‘zbekiston Ummon terma jamoasi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanda Ummon terma jamoasi murabbiyi Pim Verbek jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

“Ha, bugun yaxshi o‘ynadik. O‘yinning birinchi bo‘limida golga tortadigan ikkita vaziyat yaratdik, o‘yin tomonlama ham raqibdan ustunlik qildik. Faqat O‘zbekiston termasi jarima zarbasini golga aylantirdi. Raqib bu vaziyatda omadli chiqdi.

O‘yinga gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas, shunchaki ajoyib o‘ynadik, ko‘plab hujumlar uyushtirdik. Agar ikkinchi golni o‘tkazmaganimizda, bu o‘yin bilan kamida bir ochko ishlashga munosib edik. Dastlabki o‘yin bo‘lgani sababa futbolchilarda hayajon ham yezildi.

Endi asosiy e’tiborimizni kelgusi o‘yinlarga qaratamiz. Yaponiya hamda Turkmanistonga qarshi o‘yinlarda 4 ochko olishimiz kerak. Aytayotgan rejam amalga oshsa, guruhdan chiqishimiz mumkin.

Ummon deyarli barcha o‘yinlarda qator vaziyatlar yuzaga keltiradi. Lekin bizning kamchiligimiz hujumlarda oxirgi nuqtani qo‘ya olmayotganimiz deb o‘ylayman. Vaziyatlarni golga aylantirish muammosi bilan ko‘proq shug‘ullanamiz.

O‘zbekiston birinchi bo‘limda gol urgandan so‘ng to‘liq himoyaga yotib oldi. Umuman olganda uchta imkoniyatdan ikkita gol urdi va bu g‘alaba keltirdi. Bilasizmi, futbolda eng muhimi natija. To‘g‘ri, Ummon chiroyli o‘ynadi, biroq yakunda bu naf bermadi. O‘zbekiston kam sonli vaziyatlardan to‘g‘ri foydalandi.

Manba: STADION
Kiritildi: 23:33, 09.01.2019.
O'qildi: 16774 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик