Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Javohir Sidiqov: «Osiyo Kubogida oson raqibning o‘zi yo‘q»

Javohir Sidiqov: «Osiyo Kubogida oson raqibning o‘zi yo‘q»

Baho:
+ | -

Osiyo Kubogi 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Ummon (2:1) uchrashuvidan so‘ng Javohir Sidiqov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Javohir avvalo bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin haqida fiklaringizni bayon qilsangiz.

- Tabrik uchun rahmat. Bugun biz juda qiyin o‘tkazdik. Sababi katta turnirdagi ilk o‘yinimiz, qolaversa  biz salkam ikki oy bironta o‘yinda maydonga tushmadik. Ummon terma jamoasi ham bizga yetarlicha tashvish keltirdi. Ular ham muxlislari qarshisida g‘alaba qozonishni istashdi. Asosiysi esa muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Bundan uchun xursandman

- O‘zbekiston milliy terma jamoasida ilk rasmiy o‘yinda maydonga tushdingiz. Asosiy tarkibdan joy olganingizni bilganingizda ko‘nglingizdan nimalar o‘tdi?

- Albatta milliy terma jamoa libosini kiyganingizda odamda boshqacha his-hayajon bo‘ladi. Milliy terma jamoa tarkibda ilk marta asosiy tarkibda rasmiy o‘yinda maydonga tushdim. Boshida ozgina hayajon bo‘ldi, lekin proffesional futbolchi bunday hayajonni yengib o‘tishi kerak. Bu hayajon o‘yinimga biroz ta’sir o‘tkazdi, o‘yinimdan qoniqmadim. Endi harakatlarimni kuzatib borgan ustozlarimdan fikrlarini so‘rab, o‘z ustimda yanada ko‘proq ishlayman.

- Odil Ahmedov gol kiritgan standart vaziyat haqida fikringizni bildirsangiz...

- Bu vaziyat oldindan mashg‘ulotlarda bir necha bor ishlangan edi. Murabbiyimiz o‘yinda shunday imkoniyat bo‘lishini aytib o‘tgan va kecha ham shunday standartlar ustida ishlagan edik.

- Bizni oldinda Turkmaniston terma jamoasi bilan o‘yin kutib turibdi. Bugun Turmanistonlik futbolchilar Yaponiya darvozasiga ikkita gol kiritishni uddalashdi.

- Sizni tushundim. Bu Osiyo Kubogida oson raqibning o‘zi yo‘q. Ko‘ryapmizki bu turnirda Avstraliya yutqazib qo‘ydi, Hindiston terma jamoasi Tailandni qanday ahvolga soldi. Shuning uchun biz har bir raqibga hurmat bilan qarab o‘yinimizni kuchaytirib borishimiz kerak. Turkmaniston terma jamoasi bilan bo‘ladigan o‘yinda bizga g‘alaba juda muhim. Biz u o‘yinda natija uchun o‘ynaymiz.

- Muxlislarga tilaklaringiz.

- Bugun bizni stadionda qo‘llab turgan, vatanimizda turib qo‘llab turgan muxlislarimizga o‘zimni minnatdorligimni bildiraman. Ayniqsa, qo‘qonlik muxlislarimizga alohida salomlarimizni yetkazasiz. Bugun stadionda Qo‘qondan kelgan tanish chehralarni ham uchratdim. Meni milliy terma darajasidagi futbolchi bo‘lishimda ularning hissalari beqiyos.

Manba: championat.asia
Kiritildi: 11:11, 10.01.2019.
O'qildi: 2829 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.